Hukmga köra jinoyatda FSBning iste’fodagi zobiti, öşa paytda «DXR» mudofaa vaziri bölgan Igor Girkin (Strelkov) va uning qöl ostidagilar — Sergey Dubinskiy va Leonid Xarçenko aybdor deb topilgan. 298 kişining ölimi aynan ularning zimmasida.

Sudning asosiy dalillari:

RF «DXR»ni öz nazorati ostida uşlagan. Fojia vaqtida özini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida bölgan. Bu haqda ayirmaçilarning RF prezidenti administratsiyasi bilan telefon sözlaşuvlari ham guvohlik berib turibdi. Igor Girkin (Strelkov) Vladislav Surkov bilan aloqaga çiqqani ma’lum.

Jasadlardagi izlar. Sud samolyot aynan «Buk»dan uçirilgan raketa bilan urib tuşirilganini isbotlangan fakt ölaroq qabul qildi. Halok bölgan yölovçilarning jasadlari örganilgaç şunday xulosaga kelingan. Ulardan birining tanasidan kapalak şaklidagi metall parçasi topilgan — bunday vayron qiluvçi elementlar aynan «Buk» raketalari içida böladi. 

Fojia joyidan fotolar. «Boing» aynan «Buk» vositasida urib tuşirilganining asosiy dalillari orasida Internetda e’lon qilingan fotosuratlar böldi. Ularda osmondagi yoruğlik va inversiya izlari körinib qolgan.

Guvoh körsatmasi. Guvohlardan biri ham fojia kunida gumburlaş ovozini eşitganini va ortidan tutunli iz qoldirgan raketani körganini hikoya qilib bergan. Keyin u osmondan samolyot qulayotganini körgan. Şundan söng uning oldidan bitta raketasi joyida bölmagan «Buk» ZRK ötib ketgan. Bu guvoh anonim bölib qoldi va sudda X58 taxallusi ostida ötgan.

Ayirmaçilarning iqrori. Fojia röy berganidan keyin darhol «DXR» jangarilari LifeNews’ga samolyot urib tuşirganini aytib