Rasmiy nomi Fransuz Respublikasi bölgan bu davlat juda köpçilik tomonidan Fransiya (France) deb ataladi. Aholisi dengiz ortida yaşovçi hududlar fuqarolari bilan qöşib hisoblaganda 68 mln dan ortiq va bu körsatkiç böyiça dunyoda 22-örinni egallaydi. Umumiy hududi esa 643 801 km² (jahonda 48-örinda).

Dunyoda hududi ham ança katta, aholisi ulkan davlatlar köp. Lekin Fransiya asrlarki har jihatdan dunyoning yetakçi mamlakatlaridan biri maqomini saqlab turibdi. “Ozodlik, tenglik, birodarlik” degan şior bilan xalq tomonidan va xalq uçun boşqaruv tamoyili asosida rivojlanib kelmoqda.

Fransiya Yevropa markazidagi turli an’analar, millatlar va tamaddunlar töqnaşib uyğunlaşib ketgan şunday maskanki, bu davlat hamişa dunyo diqqat markazida böliş bilan birga millionlab insonlarni öziga ohanrabodek tortib keladi. Iqtisodi, boy tarixi va madaniyati, harbiy qudrati, BMT xavfsizlik kengaşining doimiy a’zoligi, oçiq yadroviy davlatligi Fransiyaning xalqaro maydondagi nufuzining muntazam yuqoriligini ta’minlab keladi.

3 trln dollardan ortiq yalpi içki mahsuloti bilan Fransiya Yevropa ittifoqida faqat Germaniyadan orqada, dunyoda esa kuçli önlikda doimiy bölgani holda ayrim yillarda kuçli yettilikka ham kira olgan.

Sarlavhadagi savolga kelsak, Fransiyaning “Beşinçi respublika” nomini olişi uning davlat tuzumidagi turliça bosqiçlar bilan boğliq. Tarixan monarxiya şaklida boşqarilib kelingan bu davlatda 1792 yilning 21 sentabrida muhim burilişi yuz beradi. Qirol Lyudovik XVI hokimiyatdan çetlatilib, Fransuz Respublikasi tuziladi. Davlatning bu şakli 1804 yilda, 1799 yilda katta siyosatga çiqib kelgan Napoleon Bonapartning özini imperator deb e’lon qilguniga qadar davom etadi. Napoleonning hokimiyatdan ketişi yana monarxiyani qisman tiklaydi. Lekin bu ham vaqtinça edi. 1848-1852 yillar oraliğida Ikkinçi Fransuz Respublikasi davri keladi. Uçinçisi 1870-1940 yillar oraliğida keçadi.