Odatda hammaga barobar yoqişning iloji yöq, deyişadi. Ammo mahsulotlar haqida bunday deb bölmaydi. Ayniqsa, gap köpçilik tan olgan, 7 yoşdan, yöğye, bir yoşdan yuz yoşgaça bölgan, barçaga ma’qul kelayotgan mahsulot haqida ketganda e’tirozga örin qolmaydi. Bu örinda biz könikib qolgan 7 yoşdan 70 yoşgaça degan iborani qöllaş ham töğri kelmaydi, deb öyladik. Birinçidan, uşbu mahsulotlarni iste’mol qilgan insonlarning umr davomiyligi oşişi aniq, buni olimlar isbotlab berişgan, ikkinçidan rostdan ham ularni tuğilganimizdanoq iste’mol qilamiz.
Pure Milky mahsulotlari haqida gap ketar ekan, ular bugun aksariyatimizning muzlatkiçimiz “qadrli mehmon”iga aylanib qolganini aytmay ilojimiz yöq. Xöş, uşbu sut mahsulotlari nega bunça qisqa muddat içida sevimli yeguligimizga, nonuştamizga aylandi? Buning siri nimada? Maqolamizda uşbu savollarga javob topişga harakat qilamiz. Ya’ni Samarqand viloyati, Toyloq tumanida joylaşgan Pure Milky korxonasidan reportaj tayyorlaganmiz.
Foto: Pure Milky
Sigirlar uçun musiqiy tanaffus
Korxona juda katta hudud, bir neça gektar maydonni egallagan. Töğrisi, korxonaga borganda darhol sutni qayta işlovçi sexlarni köramiz, deb öylagandik ammo biroz adaşdik.
Foto: Pure Milky
-Har bir mahsulotning sifatli tayyorlanişida eng muhimi - xomaşyo, - deydi korxona boş laboranti Suvonov Abror. Şunday ekan, biz uşbu muhim jarayonni boşqalarga işonib qöya qolmaymiz. Mahsulotlarimizning asosiy xomaşyosi bölgan sut, biz bilgan, doim nazorat, e’tiborda böladigan soğlom sigirlarniki bölişi lozim.
Ha, tuşunganingizday, Pure Milky öz şaxsiy yirik fermalari mavjud bölib, taşkilotni töliq sut bilan ta’minlaydi. Bittagina çorvaçilik fermasida 2100 ta sigir parvarişlanadi, jami taşkilotga tegişli 8 ming boş çorva mavjud.
E’tiborlisi, ular orasida oddiy sigirlar yöq, hammasi zotdor, “golşteyn” zotli, Yevropadan keltirilib, köpaytirilgan sigirlar.
-Uşbu sigirlar kuniga 8 litr sut beradigan mahalliy sigirlardan farqli tarzda bir kunda 30-35 litr sut beradi, - deydi fermer xöjalik rahbari – Hojiqulov Sardor.
Sigir soğiş tizimi avtomatik tarzda taşkillaştirilgan bölib, hatto qöl bilan soğişga qaraganda jonivorlarni ança avaylaşi va jarohat yetkazmasligi bilan ahamiyatli.
Mavzuga oid
Foto: Pure Milky
Köpinça xalq orasida zotdor sigirlarning parvarişi qiyinligi haqida gap boradi. Ularga qarov öziga xos tarzda bölişi kerakligini köpçilik bilgan taqdirda ham unga amal qila olmasligi mumkin. Ammo va’da qilingan miqdorda sut olişni rejalaştirgan ekansiz, ularga yetarliça qarov va e’tibor bilan yondaşiş lozim. Pure Milkyʼga qaraşli fermalarda parvarişlanayotgan sigirlar öz vaqtida uqalaş muolajalarini oladi, musiqiy tanaffusdan bahramand bölib, eng yaxşi ozuqa hamda vitaminlar bilan oziqlantiriladi.
Tekşiruv juda köp
Darvoqe, gap töyimli ozuqa haqida ketganda bir masalaga e’tibor qaratişingizni istardik. Pure Milky sigirlar ozuqasi bilan boğliq masalani ham öz hududida hal etgan: axir uning öziga nisbatan talabi katta. Mahsulotlari bir yoşdan yuz yoşgaça bölgan aholining sevimlisi bölişini maqsad qilgan ekan, sigirlari sifatli sut berişi, ularning bu talabni bajarişlari uçun esa ozuqa yaxşi bölişi lozim. Hayotning asosiy talabi bölgan uşbu zanjirning bir qismiga darz yetsa yoki öşa qismida muammolar bölsa, tamom, siz istagan maqsad röyobida kemtikliklar yuzaga çiqaveradi. Pure Milky esa buni oldindan köra bilgan holda iş tutadi. Ya’ni sigirlar uçun ozuqa ularning öz dalalarida yetiştiriladi.
Foto: Pure Milky
Tabiiyki, bunday parvariş natijasiz qolmaydi, kompaniya özi kutgan sifatli sutni iste’molçi uçun tayyorlayotgan mahsulotlari sari yönaltiradi.
Darvoqe, fermadagi buzoqlarning barçasi zotdor buqalar orqali sun’iy uruğlantiriş bilan dunyoga keladi. Şuning uçun yetilib kelayotgan buzoqlar yuz foizli zotdor çorva mollari sanaladi.
Sut mahsulotga aylantirilişi paytida nazoratdan ötişi barobarida har bir fermaning öz laboratoriyasi mavjud bölib, bu yerda uşbu içimlik bir neça xil tekşiruvlardan ötadi. Odatda köpçiligimiz zotdor sigirlar doimiy ravişda dori-darmonlar bilan emlanadi, bu esa sutning sifatiga ta’sir körsatadi, deya şubha qilamiz. Vaholanki, agar sigirlar domiy nazoratda bölsa, ularning kasal böliş ehtimoli kamayadi. Qolaversa, sigirlar antibiotik yoki turli emlaşlar qabul qilgan paytda ulardan juda oz miqdorda sut olinadi va u soğligi uçun ayni muddao bölgan buzoqlarga beriladi.
Darvoqe, çorvaga qaraş, unga qanday ozuqa berişdan tortib, ularning parvarişi bilan tegişli mutaxassislar şuğullanadi. Şu örinda kompaniyaning yana bir sirini bilib oldik: u taşkilotga doir har bir işni, u xoh boşqaruv bölsin yoki oddiy bir yumuş, taniş-bilişga emas, professional mutaxassis va ekspertga işonadi hamda ularni işga olişga harakat qiladi.
Oqlik – tozalik degani
Foto: Pure Milky
Mana, nihoyat, muzlatkiçlarimizning doimiy mehmoni bölgan Pure Milky mahsulotlari işlab çiqariladigan sanoat hududi. E’tiborimizni ilk tortgan jihat, haddan taşqari tozalik böldi. Ehtimol, jurnalistlar uçun şunday tozalik tayyorlangandir, degan kinoyamizga ular «Biz oppoq sut bilan işlaymiz. Bu yerda nopoklik bölişining özi mumkinmas», deya yelka qisib qöya qolişdi. Ana, biz farzandlarimiz bilan sevib iste’mol qiladigan smetana, kefir, allaqaçon dasturxonimiz körkiga aylangan yumşoq pişloq, qatiq, ehhe, qay birini aytay.. Tvoroglarning xilma-xilligi, eng nozik didli iste’molçining ham e’tiborini qozona oladigan pişloqlar… Ularning nomlari allaqaçon iste’molçiga yod bölib ketgan nazarimizda: Samarqand, Gauda, Kostromskiy, Xorazm… Darvoqe, uşbu pişloqlar bugungi kunda qöşni Qozoğistonga ham eksport qilinadi.
Mahsulotlarni joylaştirişdan tortib, qadoqlaşgaça bölgan jarayonning asosan avtomatlaştirilgan, inson omili kam işlatiladi. Ammo nazorat tabiiyki lozim. Yana bir muhim nazorat, mahsulot sifatiga qaratilgan. Bu yerda xomaşyo bir neça usullar bilan tekşirilişi barobarida, tayyor mahsulot köplab turdagi nazoratlardan ötişga majbur. Şundan sönggina u bizning muzlatkiçimizgaça yetib keladi. Agarda, mahsulotning sifatiga nisbatan şubha tuğildimi tamom, uning sexdan çiqişiga ijozat yöq. Bu masalada korxonada umuman bahslaşilmaydi.
Manzillar aniq
Pure Milky ançadan beri mahsulotlari realizatsiyasi uçun manzil izlamaydi. Yuzlab savdo markazlari hamda dökonlar allaqaçon ularning asosiy buyurtmaçilariga aylanib ulgurgan. Şu buyurtmalarni amalga oşiriş uçun ham korxona töla quvvat bilan işlaydi. Korxona mahsulotlari nafaqat Samarqand, balki butun respublika böylab tarqatiladi. Boşqa viloyatlardan ularning mijozlari kundan kunga ortib bormoqda. Şuningdek, korxonaning Toşkent, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo hamda Farğona vodiylarida filiallari ham mavjud. Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa rasmiy dilerlar faoliyat körsatadi.
Foto: Pure Milky
Pure Milky mahsulotlari namoyişi hamda tatib köriş uçun imkon berilgan xona naq sut mahsulotlari dökonining özi edi. Bu yerda yangiça ta’m, köriniş, yoğlilik darajasi-yu, boşqa parametrlarga köra bitta mahsulotning önlab turlari iştahangizni qitiqlaydi. Yangidan yangi mahsulotlar işlab çiqarilişiga bölgan turtki haqida söraganimizda mutasaddilar «bu bozor talabi», deb javob berişdi. «Talab bor ekan, nega u mahsulot çetdan kelişi lozim? Eng muhimi imkoniyat bor ekan, nega öz bozorimizni import bilan töldirişimiz kerak? Qolaversa, özimizda işlab çiqarilgaç, aholi u mahsulotni bir neça barobar arzon sotib olişi mumkin bir paytda qöl qovuştirib turişimiz qanday bölarkan?» Savolga munosib savol bilan javobni davom ettirişdi ular.
Har bir fikr e’tiborda
Foto: Pure Milky
Korxona mutaxassislari bilan gaplaşar ekanmiz, beixtiyor ularning yoşi e’tiborimizni tortdi. Aksariyati 40 yoşga ham tölmagan yoşlar. Bizga korxonani bir boşdan taniştirib kelgan yigit esa Pure Milky rahbari ekan! Şu örinda biz uşbu taşkilotdagi işga nisbatan öziga xos yondaşuv, xodimlar bilan muomala-munosabatdagi erkinlik sabablarini tuşunganday böldik. Bunday yondaşuv tabiiyki, iş tizimiga, sifatli mahsulotlar işlab çiqarilişidagi eng muhim omillardan bölişi kerak, deya korxonaning yana bir «sir»ini özlaştirdik.
Foto: Pure Milky
Korxona bölimlarini aylanar ekansiz, bunday «sir»lar juda köp ekaniga amin bölasiz. Eng muhimi, hammasi oşkora, şaffof, har bir xodimning fikri e’tiborli, ayniqsa, u korxona rivojiga hissa qöşsa, inçunin.
Vaqti-vaqti bilan korxonaga xorijlik mutaxassislar ham jalb etilib, zarur tavsiyalarni berişadi.
Foto: Pure Milky
Pure Milky fakt va raqamlarda
Keling, şu örinda Pure Milky nima ekanligini raqamlarda ifodalab bersak.
U 30 ga yaqin nomdagi yuqori sifatli, pasterizatsiyalangan sutdan tortib qaymoqqaça bölgan turlarni jamlagan sut mahsulotlaridir.
Mahsulotlari tarqatilişi hamda geografiyasi allaqaçon aniqlaşgan tizim.
Xalqaro andozalarga javob beruvçi, sut mahsulotlari işlab çiqariş uçun zamonaviy uskunalarga ega.
Bugungi kunda korxonada keng körinişdagi sut mahsulotlari tayyorlanadi. Pure Milky brendi ostida qatiq, smetana, qaymoq, ayron, yogurt, eritilgan pişloq, tvorogli massa, syrok, ryajyenka, brynza, Özbekistondagi eng mazali pişloqlardan biri işlab çiqariladi.
«PureMilky Works» xususiy korxonasi özining xususiy sutni qayta işlovçi 3 ta fermasiga ega bölib, işlab çiqariş töla Yevropa andazalariga mos keladi. Kunlik soğim sut 100 tonnani taşkil etib, bu raqam yuqori dovonlarni közlagan kompaniya uçun boşlanişi sanaladi. Bu yerda faqat oliy navli sut işlatiladi.
Soğilgan sut filtrlardan ötib, liniyalarda sovitiladi. Söng maxsus idişlarga tuşadi. Bu esa sutni uzoq muddat davomida sovitişning oldini oladi. Tez va vaqtida sovitilgan sut mikrobiologik jihatdan juda toza sanaladi.
Sut mahsulotlari işlab çiqarilişi yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan korxonada amalga oşiriladi. Mazkur uskunalar Italiya, Germaniya, Bolgariya kabi Yevropa davlatlaridan keltirilgan.
Şuningdek, sut mahsulotlari işlab çiqarilişi bilan boğliq texnolog mutaxassislar ham Germaniya, Polşa, Avstriya, Rossiya, Bolgariya, va Ukrainadan vaqti-vaqti bilan korxonaga taşrif buyurib, tajribalari bilan örtoqlaşadi. Zavoddagi texnologik jarayon yopiq turda amalga oşiriladi va bu holat mahsulotlarning sifatiga putur yetkazmagan holda yaroqlilik muddati uzoq vaqtga qadar saqlanib qolişini ta’minlaydi.
PureMilky brendi ostidagi mahsulotlar davlat standartlariga töliq amal qilingan holda sotuvga çiqariladi.
“Potrebitel.uz” feysbuk ijtimoiy tarmokda va telegramm kanaldagi faol a’zolarining “Pure Milky» korxonasiga ötkazilgan ekskursiya böyiça taassurotlari