2022 yilning martidan oktyabrigaça Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson viloyatida 226 kişi noqonuniy hibsga olingan, ularning aksariyati izsiz ğoyib bölgan. Kamida 55 mahbus qiynoqqa solingan, 22 kişi talon-toroj qilingan, olti nafarining yaqinlariga tahdid qilingan, yana olti nafari zörlangan. Bundan taşqari, ruslar 12 mahbusni taşviqot videolarida körinişga majburlagan. Kamida beş kişi hibsga oliş paytida yoki ozod etilganidan köp ötmay vafot etgan. Hujjatlar bilan tasdiqlangan bu ma’lumotlar 18 noyabr, juma kuni AQŞ Davlat departamenti tomonidan moliyalaştiriladigan Conflict Observatory tomonidan e’lon qilingan tahliliy hisobotda keltirilgan.
Hibsga olingan va öğirlanganlarning mutlaq köpçiligi - 87 foizi - erkaklardir, ular asosan 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan (79 foiz).
Aksariyat hollarda rossiyaliklar amaldagi yoki sobiq davlat xizmatçilari (60 kişi), fuqarolik jamiyati rahbarlari yoki köngillilar (33 kişi), öqituvçilar (17 kişi), huquqni muhofaza qiliş va xavfsizlik organlarining amaldagi yoki sobiq amaldorlari (9) va jurnalistlarni (7 kişi) qölga olişgan.
Hisobotda alohida qrim-tatar jamiyati a’zolariga nisbatan nomutanosib darajadagi nomaqbul munosabat qayd etilgan. 177 holatda odamlar rossiyalik harbiylar, 27 holatda Federal xavfsizlik xizmati ("FSB") xodimlari tomonidan qölga olingan. Tahlilçilar odamlar köproq qölga olingan, qiynoqqa solingan va söroq uçun olib ketilgan 12 ta joyni aniqlaşga muvaffaq bölişdi.
Conflict Observatory joriy yilning may oyida Rossiya kuçlari tomonidan Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar va boşqa vahşiyliklarga oid dalillarni töplaş, tahlil qiliş va taqdim etiş uçun taşkil etilgan. Dastur hujjatlaştiriş, tekşiriş va oçiq manbalardan töplangan dalillarni tarqatişni öz içiga oladi.
Hisobot mualliflarining ta’kidlaşiça, bosqin boşlanişidan oldin ham AQŞ rasmiylari Rossiyaning Ukrainaning bosib olingan hududlarida potensial muxolifat arboblari va faollarini qölga oliş yoki öldiriş rejalari haqida xabar berişgan. Hujjatda ta’kidlanişiça, 226 ta hujjatlaştirilgan holat Xerson viloyatida hibsga olingan va bedarak yöqolganlarning haqiqiy sonining faqat bir qismidir.
Agar rasmiy tergov hisobot mualliflarining xulosalarini tasdiqlasa, unda qayd etilgan holatlar köplab xalqaro konvensiyalar, inson huquqlari va insonparvarlik qonunçiligining buzilişi sifatida baholanişi mumkin, deya ta’kidlaydi Conflict Observatory.


















