Özbekistonda savdo-sotiqning yangiça formati – MEGAimkon bozori öz xizmatlarini yölga qöydi. Yangiça talqindagi oson va qulay xarid mexanizmini taklif etayotgan kompaniya jozibali takliflari bilan mijozlarning vaqtini tejaş, muşkulini oson qilişni zimmasiga olgan.

Zamonaviy insonlar öz vaqtlarini foydali sarflaşga harakat qilişadi va bunda ularga maişiy texnikalar yordamga keladi. Şu sabab hozirda maişiy texnika sotuvçi kompaniyalar jozibali takliflar orqali xonadonlarga kirib bormoqda. Ular orasida işonçni oqlaydigan, doimiy hamkorlik uçun arzigulik kompaniya bilan işlaş sizni doim bozorma-bozor sarson böliş, olingan texnikalarni işlatişda qiyinçiliklarga duç kelişdan saqlaydi.

MEGAimkon maişiy texnikalar bilan birgalikda telefon va gadjetlar, kompyuterlar, avtotovarlar, sport anjomlari, mebellar ham yetkazib beradi. U boşqalardan har bir mahsulot uçun javobgarlikni zimmasiga olişi, yelkama-yelka turişi bilan ajralib turadi.

Foto: MEGAimkon

MEGAimkon kompaniyasi boş direktori Elmuhammad Usmonovning ta’kidlaşiça, bu platforma orqali xarid mijoz va kompaniya örtasidagi işonçga asoslanadi:

«MEGAimkon xizmatidan foydalaniş uçun onlayn tarzda röyxatdan ötiş – mijozlar uçun qulay va xavfsizdir. Ular onlayn identifikatsiyadan ötişadi va bunda rasmiy iş joyidan berilgan bank kartasi, pasport ma’lumotlari kiritiladi. Xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida FASE ID tizimidan foydalanamiz.

Foto: MEGAimkon

Ya’ni har bir mijoz bizdan röyxatdan ötgaç, uning tölov qobiliyati onlayn tarzda tahlil qilinadi, çunki platformamiz skoring tizimida işlaydi. Rasmiy iş haqi va kredit tarixi tahlil qilingaç har bir mijoz uçun individual tarzda limit ajratiladi. Şu limit asosida u istagan mahsulotini birinçi tölovlarsiz, muddatli tölov asosida 12 oyda bölib tölaş şarti bilan xarid qilişi mumkin. Onlayn rasmiylaştiriş jarayoni juda sodda va köp vaqt talab qilmaydi.

Bölib tölaş xizmatini joriy etişda birinçi navbatda şariat talablarini inobatga olganmiz. Agar belgilangan kunda mijoz tomonidan tölov amalga oşirilmasa, keçikkan tölov uçun heç qanday foizlar olinmaydi. Çunki biz mijozlarimiz bilan özaro işonçli munosabatda bölişni istaymiz. Bu munosabatlarni qadriyatlarimiz darajasiga kötariş niyatidamiz.