Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tuzildi
"Bolalar dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi: Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi; Bolalar dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari a’zolari farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlari bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHM 2 baravari (600 ming so‘m), biroq yo‘llanma narxi 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lanadi.
2023 yil 1 yanvardan:
- mahalliy budjetlar daromadlari prognozdan oshirib bajarilgan qismi 10 foizi har chorakda jamg‘armaga yo‘naltiriladi;
- davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlari farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxi 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHM 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
Bolalar dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:12 / 20.04.2026
AQShda sakkiz nafar bola otib o‘ldirildi
13:01 / 07.03.2026
AQSh va Venesuela diplomatik munosabatlarni tiklamoqda
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
13:02 / 31.10.2025