20 noyabr, yakşanba kuni Tbilisida Gruziyaning uçinçi prezidenti — Mixail Saakaşvilini qöllab-quvvatlovçi ommaviy miting bölib ötdi. DW muxbirining voqea joyidan xabar berişiça, Gruziya hukumati idorasi oldiga yiğilgan siyosatçi tarafdorlarining asosiy talabi Saakaşvilini xorijga davolaniş uçun yuboriş bölgan.

Aksiyani şifokorlar uyuştirgan, ular Mixail Saakaşvilining tarafdorlaridan siyosiy talablar bildirmaslikni söraşgan. DW muxbirining xabar berişiça, tadbirda mingga yaqin odam qatnaşgan.

2022 yil may oyi örtalaridan Gruziyaning sobiq prezidenti qamoqxonadagi ikki oçlik e’lon qiliş aksiyasi tufayli soğliği yomonlaşgani uçun Tbilisidagi Vivamed klinikasida yotibdi. Mixail Saakaşvili derazalari panjarali palatada va qurollangan qöriqçilar nazoratida saqlanyapti.

Şifokorlar fikriça, siyosatçining soğliği yomonlaşgan va ölimga yaqin. Ayni paytda, sobiq prezident tarafdorlari Gruziyada kerakli darajadagi mutaxassislar yöqligiga işonç hosil qilişmoqda, şuning uçun rasmiylar Mixail Saakaşviliga xorijda davolaniş imkoniyatini berişi kerak.

Siyosatçining otasi, taniqli gruziyalik şifokor Nikoloz Saakaşvili ham aksiyaga çaqirdi. 18 noyabr kuni u ijtimoiy tarmoqlarda öğlining tarafdorlaridan «Gruziya mamlakat prezidentlari uçun qassobxonaga aylanişiga yöl qöymaslikni» söradi.

Şu kuni Gruziyaning «Empatiya» qiynoq va zöravonlik qurbonlarini psixo-reabilitatsiya qiliş xalqaro markazi rahbari Mariam Jişkariani Mixail Saakaşvilining soğliği holati böyiça öz fikrlari tayyor bölganini, uning oilasiga topşirilganini va xorijlik mutaxassislarga yuborilişini aytdi. Şifokorlar bemorga öndan ortiq taşxis qöyişdi. Ulardan ba’zilari, Jişkarianining sözlariga köra, oğir va qamoqdan ozod qiliş mezonlariga javob beradi.

Mixail Saakaşvili 29 sentabr kuni yaşirinça vataniga qaytib keldi va 2021 yil 1 oktyabrda unga sirtdan çiqarilgan ikki hukm asosida hibsga olindi. Sakkiz yil davomida Gruziyada bölmaganida, u mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanib, olti yilga qamalgan. Bundan taşqari, unga nisbatan yana uçta jinoiy iş sudda körib çiqilmoqda. Sobiq prezidentning özi özini siyosiy mahbus deb biladi va ayblovlar uydirma ekanini ta’kidlab keladi.

U hibsga olinganidan söng darhol oçlik e’lon qildi, bu jarayon 50 kun davom etdi va Goridagi harbiy gospitalga ötkazilgandan keyingina töxtadi. Biroq 21 fevral kuni qamoqxonaga qaytgaç, u yana 20 kun davom etgan oçlik e’lon qildi.