“Eman engineering”kompaniyasining ilk mahsulotlari Özbekiston bozoriga 1995 yildan kirib kela boşlagan. Kompaniya mebel işlab çiqariş uçun kerak böladigan barça turdagi mahsulotlarni yetkazib beriş va örnatiş bilan şuğullanadi. “Eman engineering” taxta materiallari, yoğoçga işlov beriş va mebel işlab çiqariş uskunalari böyiça dunyoning yetakçi işlab çiqaruvçilari bilan faol hamkorlik qilib keladi. Siz bu yerdan yoğoçsozlik uçun kerak böladigan barça uskunalarini topişingiz mumkin. Kompaniyada mavjud yoğoçsozlik mahsulotlarining asosiy qismi olib kelinadi.

Bugungi kunda “Eman engineering” kompaniyasi Toşkent şahrida yangi özining körgazmali öquv markazini oçdi. Bu öquv markazida mahsulot sotib oliş bilan birgalikda, soha böyiça ta’lim oliş va loyihalarni amalga oşiriş ham mumkin.

Uşbu kompaniya mahsulotlari butun respublika böylab namoyiş etilmoqda va u Özbekiston bozoridagi mebel va yoğoçga işlov beriş sanoatidagi korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya şu kunga qadar 500 ortiq katta va kiçik loyihalarni amalga oşirgan.

Aziz Nuritdinov,

“Eman engineering” ta’sisçisi:

 – “Eman engineering” nafaqat mahsulot sotiş, balki xizmat körsatiş, soha böyiça öqitiş va loyiha yaratiş bilan şuğullanadi. Kompaniya öz oldiga işlab çiqaruvçilar bilan birgalikda rivojlanib, jahon bozoridan ham öz örnini topişni maqsad qilgan.

Hozirgi kunda Özbekistonda yoğoç mahsulotlar işlab çiqariş darajasi juda yuqori. Işlab çiqaruvçilar uçun kerakli şaroitlarning yaratilganligi, qolaversa, quriliş hajmining ortib borişi bu soha rivojlanişining asosiy omili bölib xizmat qiladi. Kompaniya aynan şuning uçun ham Özbekiston bozoriga yangi texnologiyalarni joriy etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan”.