Eron terma jamoasi futbolçilari Qatardagi jahon çempionatida Angliyaga qarşi öyindan oldin mamlakat madhiyasini kuylaşdan boş tortişdi.
Ular bu harakat orqali mamlakatda ikki oydan buyon davom etayotgan va hukumat tomonidan şafqatsizlarça bostirilayotgan namoyişlarni qöllab-quvvatlaşdi va hukumatga noroziliklarini ifoda etişdi.
Jamoa sardori Alirizo Jahonbaxş bir kun oldingi matbuot anjumanida madhiyani kuylaş yoki kuylamaslik böyiça qarorni jamoaning barça futbolçilari birgalikda qabul qilişini aytgandi.
Stadionda yiğilgan muxlislar futbolçilarning bu aksiyasini olqişlar bilan qarşilaşdi.

- Eronda namoyişlar sentabr oyi oxiridan buyon davom etmoqda. Namoyişlar 22 yoşli Mahsa Aminiyning politsiya tomonidan qölga olingaç, vafot etişi ortidan boşlangan. Ma’naviyat politsiyasi uni hijobni «notöğri» kiygani uçun qölga olgandi. Kuçişlatar tuzilmalar aksiyalarni şafqatsizlik bilan bostirmoqda; 19 noyabr holatiga, huquq himoyaçilari ma’lumotiga köra, kamida 378 kişi kuçişlatar organlar harakatlari oqibatida halok bölgan.














