Jahon çempionati odatda «futbol bayrami» bölardi. Muxlislar bu turnir davomida faqat öyinlar haqida öylab, gollardan, fintlardan va şunçaki tomoşadan rohatlanişardi. Ammo sönggi vaqtlarda «futbol siyosatdan xoli» iborasi amalda emasligi borasida şubhalar paydo böldi. Jahon çempionatida bu şubhalar faqat tasdiqlanmoqda.
Angliya va Eron turnirdagi ikkinçi öyinni ötkazişdi, ammo şu öyinning atrofida allaqaçon ikki tomonda ham futboldan taşqaridagi voqealar bölib ötdi. Forslar mamlakati sönggi ikki oyda dunyodagi eng jiddiy muhokamalar markazida bölib turibdi — Eronda ayollarga munosabat masalasi keskinlaşgan, şu tufayli mahalliy taşkilotlardan biri FIFAni Eron termasini jahon çempionatidan çetlatişga ham çaqirdi. Bu mavzuda «Bayyer» hujumçisi Sardor Özmun ham gapirdi, boş murabbiy Karluş Keyruşga esa öyindan oldingi matbuot anjumanida noqulay savol berişdi. Jamoa baribir Qatarga yetib keldi, ammo futbolçilar mamlakat rahbariyatidan norozilik belgisi sifatida madhiyani kuylamaslikka qaror qilişdi.
Angliyaning ham öz tarixi bor. Uşbu mamlakat naşrlari Qatar atrofida salbiy fon yaratişda faol — VVS norozilik sifatida oçiliş öyinini namoyiş etmaslikka qaror qildi, buning örniga Gari Lineker boşqa mehmonlar bilan birgalikda inson huquqlari, migrantlar va boşqalarni muhokama qilib ötirdi. Sönggi lahzalargaça Harri Keyn qanday sardorlik boğiçida (LGBTni qöllab-quvvatlaş masalasi) maydonga tuşişi ma’lum emasdi. Hatto reglamentda közda tutilmagan ekipirovka uçun sariq kartoçka berilişi haqida xabarlar paydo böldi. Yakunda barçasi öyinga bir soat vaqt qolganida hal böldi — FIFA Angliya va boşqa federatsiyalarga bosim ötkazdi, Keyn esa kamalakrang boğiçni VVS jurnalisti Aleks Skottga topşirdi. Lekin Angliya termasi boşqa ritualdan voz keçmadi — öyin boşlanişi arafasida futbolçilar maydonda tiz çökib turişdi (qora tanlilarni qöllab-quvvatlaş uçun). Ya’ni öyin boşlanişiga soniyalar qolganida ham futbolçilar faqat öyin haqida öylaşmayotgandi.
Mavzuga oid
Darvozabonning burni sinişi va birinçi bölimga qöşilgan 14 daqiqa
Öyin vaqtida esa şiorlar va norozilik aksiyalari kuzatilmadi. Eron beş himoyaçi bilan tiğiz himoyalandi, Angliya köp vaqt davomida töpga ustunlik qildi, ammo ança ehtiyotkorlik bilan hujum qildi. Dastlabki sakkiz daqiqadagi yagona xavfli yuriş Eron darvozaboni Beyranvandning oğir jarohat olişi bilan yakunlandi — u öz himoyaçisi bilan töqnaşib ketdi, burni sinib qonadi va juda uzoq davom etgan pauzadan keyin baribir uni almaştirişdi.
Şu tufayli boş hakam birinçi bölimga bemisl darajadagi 14 daqiqani qöşib berdi.
Ön daqiqa içidagi natija
Pauza öyin sur’atini öldirdi. Bunga qadar ham öyin tempi yuqori emasdi, ammo asta-sekinlik bilan kötarilayotgandi. Angliya yana barçasini qaytadan boşlaşiga töğri keldi, taşabbusni qölga olişda inglizlarga yana standart vaziyatlar yordam berdi. 2018 yilgi jahon çempionatida Garet Sautgeyt jamoasi 12 goldan 9 tasini burçak yoki jarima zarbalaridan keyin urgandi, Yevro-2020 turnirida esa standart vaziyatlardan yöllangan zarbalar soni böyiça barça jamoalar ortda qoldirildi. Şu tufayli Eronga qarşi birinçi bölimda burçak zarbasi ijro etilgaç, gol urilgani mantiqiy böldi.
Ammo bundan oldinroq Bellingem pozitsion hujumdan söng hisobni oçdi. Keyin Maguayrning zarbasi tösinga tegdi, biroz ötib u boşqa burçak tomonda yaxşi öynadi — himoyaçi töpni zarba berişga çoğlanib turgan Sakega qulay qilib taşlab berdi. 19 yoşli Bellingem va 21 yoşli Saka XXI asrning jahon çempionatida gol urgan ilk bolalari böldi.
Eron yaxşi qarşilik körsata olmadi, britanlar esa vaziyatlardan unumli foydalanişdi. Bölimga qöşib berilgan 14 daqiqalik boşlanganida Sterling Keynning uzatmasini golga aylantirdi. Jamoalar tanaffusga yirik hisobda yöl olişdi.
Mantiqiy mağlubiyat
Ikkinçi bölimga Keyruş birdaniga uç nafar yangi futbolçini taşladi, ammo öyin strukturasini özgartirmadi. Eronliklar faollaşdi va oldinroqda pressing qilişdi, ammo bu baribir natija keltirmadi. Angliya esa iyundan buyon qöllanmagan 4-2-3-1 sxemasiga yaxşi moslaşdi va Eronni standart vaziyatlardagi uzatmalar bilan qiynaşda davom etdi. Britanlarda jarima zarbasidan töğridan töğri urilgan gol bölişi ham mumkin edi, ammo Tripperning zarbasini «jonli devor» tösib qoldi.
Eron köpçilikning işonçini oqlamadi. Jamoa uçraşuv favoriti sanalişdan yiroq edi, ammo tajribali murabbiyga egga bölgan va 2018 yilgi jahon çempionatida yaxşi iştirok etgan bu jamoa yaxşiroq qarşilik körsatişini kutiş mumkin edi. Holatni törtinçi gol ham aniq ifodalaydi — Sakaga jarima maydonida istaganini qilişga yöl qöyib berildi, himoyaçilar unga yaqinlaşişmadi «Arsenal» vingeri dublni rasmiylaştirdi.
Forslar baribir javob golini urişdi — Angliya raqib hujumini ötkazib yubordi, Maguayr ötkazib yuborgan töpga ega çiqqan Torimiy Pikfordga imkon qoldirmadi. Köp ötmay Maguayr jarohat olib öyindan olindi. 77-daqiqada Özmun maydonga tuşdi, ammo bu mavsum jarohat tufayli öyin amaliyotiga ega bölmagan futbolçi öyin oxirida yakkama-yakka vaziyatdan gol ura olmadi, uning zarbasi darvozabonning barmoqlariga tegib ötib, darvoza tösinidan maydondan taşqariga çiqib ketdi. Inglizlarda esa futbolçi almaştirişlar iş berdi — Reşford maydonga tuşişi bilanoq Keynning uzatmasidan gol urdi, 90-daqiqada esa Griliş Uilsonning pasidan oltinçi golni urdi.
Qariyb yarim soat qöşimça vaqt
Eron öyin oxirida baribir yana bir gol urdi — Torimiy ikkinçi bölimga qöşib berilgan 13-daqiqada penaltini aniq ijro etdi. Umuman olganda, jamoalar ikki bölimda jami yarim soat qöşimça vaqt ötkazişdi, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bölmoqda - bunday zöriqiş köplab jarohatlarga sabab bölişi mumkin. Ammo, aftidan, jahon çempionatida endi doim şunday böladi — hakamlarga öyindagi töxtalişlar uçun köproq vaqt qöşib beriş tavsiya etilgan.
6:2 — bunday uçraşuv uçun juda beöxşov hisob, ammo şu bilan birga jamoalar bunga haqli edi. Angliya Sautgeyt davridagi eng oson ğalabalaridan biriga erişdi va Millatlar ligasidagi yomon iştirokdan keyin jamoa raqobatdarboş emasligi haqidagi fikrlarni yöqqa çiqardi. Ammo bu haqiqiy sinov emasdi, AQŞga qarşi keçadigan keyingi uçraşuv Angliya uçun ança qiyinroq bölişi tayin.
Niderlandlar oson bölmagan ğalaba bilan boşlaşdi. Afrika çempionlari niderlandlardan yaxşiroq öynaşdi, ammo ularning harakatlarini «Çelsi» darvozaboni yöqqa çiqardi
Senegal – Niderlandiya 0:2
Gollar: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal – Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guyye, 73), Guyye, Mendi, Sarr, Diatta (Djyekson, 74), Dia (Deng, 69).
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirişlar: de Ligt (56).
Xayrlaşuv akkordi
Qatardagi turnir — Lui van Gaalning oqquş qöşiğidir. Onkologiya bilan kuraşayotgan 71 yoşli mutaxassis jahon çempionatidan keyin nafaqaga çiqadi, u bilan birga butun davr poyoniga yetadi. Ayniqsa niderlandlar terma jamoasi uçun, ular 2014 yil van Gaal bilan JÇ-2014 bronza medallarini qölga kiritganidan keyin turğunlik davrini boşdan keçirdi.
«Apelsinranglilar» Yevro-2016 va JÇ-2018 turnirlarini ötkazib yuborişdi. Ronald Kumanning faoliyati ular uçun tunnel ortidagi yoruğlik nuri bölib köringandi, ammo uni «Barselona» çaqirgaç, orzusidagi işi uçun barçasini yarim yölda qoldirdi va Yevropa çempionatini qurbon qildi. Niderlandlar turnirga Frank de Bur boşçiligida borişdi, guruh bosqiçidagi yorqin iştirokdan keyin, pley-offning ilk bosqiçida Çexiyadan mağlubiyatga uçraldi.
Terma jamoa bilan Millatlar ligasida ğolib çiqqan Kuman esa mundialdan keyin jamoaga qaytadi. Bu röy berganida — halqa aniq yopiladi, çunki Ronald sakkiz yil oldinroq van Gaalning örniga kelişi kerak edi, ammo öşanda Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi amaldorlari birdaniga barça kelişuvlarni unutib, Guus Hiddinkka işonç bildirişgan va şu bilan milliy jamoaning tört yili havoga sovrilgandi.
Darvozabonlik debyuti
Sönggi titulini qölga kiritiş istagini yaşirmayotgan van Gaal futbolçilariga işonmoqda va özini omadli deb atamoqda. Lekin körinib turibdiki, jamoaning hozirgi avlodiga 2014 yilgi tarkibdagi Robben, Kyuyt, van Persi, Snayder kabi mahoratli ijroçilar yetişmaydi. Van Deyk, Frenki de Yong yoki Gakpo kabi hozirgi yetakçilar yaqqol ajralib turgan bölsa-da, ularning jamoadagi ahamiyati Senegaldagi Mane kabi emas.
Afrikaliklar uçun «Bavariya» forvardi — şunçaki futbolçi emas. U jamoa yetakçisi va uning qalbi. «Teranga şerlari»ni yetti yarim yildan buyon boşqarayotgan Aliu Sisse qişda jamoa bilan ilk bor Afrika Kubogida ğolib çiqdi. U Manening safdan çiqişiga kutilganidek reaksiya qildi, çapda Mane örniga Sarr, öngda esa «Monako» a’zosi Diatta harakat qila boşladi.
Van Gaal esa tarkib tanlaşda hayron qoldirişni biladi va bu öyinda ham bir qança syurprizlarni köriş mumkin edi. Birinçidan, endigina tiklangan Depay örniga uç mavsum Meksikada öynab, şu yil yozida Yevropaga qaytgan Yanssen tuşirildi. Ikkinçidan, darvozaga tajribali Pasver örniga 28 yoşiga kelib hali terma jamoaning birorta öyinida maydonga tuşmagan, klub miqyosida esa atigi 51 öyin ötkazgan Noppert tanlandi. Buni sensatsiya deyiş mumkin, çunki bu murabbiy penaltilar seriyasi uçun yangi darvozabon tuşirardi.
Epizod qiymati
Birinçi bölimda afrikaliklar yomon körinişmadi va ma’lum vaqtlarda raqibdan yaxşiroq ham edi. Van Deyk Sarrning darvoza burçagiga yöl olgan kuçli zarbasini boşi bilan tösib qoldi. Niderlandlar töpga egalik qiliş borasida ustundek körindi, ammo tanaffusga qadar kuzatilgan yagona yuz foizlik vaziyatda de Yong zarba beriş uçun qulayroq vaziyat tanlaşga kirişib, barçasini çippakka çiqardi. U töpni yonga olib ötiş bilan ikki himoyaçini yöldan oldi, ammo Kuyate töpni uzoqqa tepib yubordi.
Bu epizodlarning bari noaniq taassurot hosil qiladi. Bir tomondan, bu saviya borasida nisbatan teng bölgan jamoalarning ilk töqnaşuvi edi. Boşqa tomondan — bu öyinda gollar yomğirini kutiş kerak emasdi. «Teranga şerlari» juda kam gol ötkazişadi, Afrika Kubogida ham ular yetti uçraşuvda faqat ikki bor raqibni ötkazib yuborgan. Hatto Diallo va Kuyate majburan maydondan olinişi ham senegalliklar himoya qörğoniga ta’sir ötkazmadi. Lekin maydondagi futbolçilarning barça sa’y-harakatlarini yaqin vaqtlargaça mahoratli darvozabon sifatida körilgan Eduar Mendi yöqqa çiqardi, u töpga çiqişda qöpol xatoga yöl qöydi va amalda içkaridan yugurib kelgan Gakpoga gol sovğa qildi.
Körinişidan, «Çelsi» darvozabonining muammosi oyoq bilan yaxşi öynay oladigan birinçi raqamli posbon istayotgan Grem Potterning talablari bilan boğliq emas. Bu vaziyatda amalda Mendidan qutqariş ham talab etilmasdi — u şunçaki öz işini qilişi kifoya edi. Bu vaqtda esa Noppert ketma-ket seyvlar amalga oşirayotgandi. Van Gaalning kutilmagan qarori yana özini oqladi. Ehtimol, u özi aytgani kabi omadli şaxsdir — va birgina bu öyin jamoaning imkoniyatlariga baho beriş uçun yetarli emasdir. Qolaversa, keyingi öyinda Depay (u ikkinçi golda iştirok etdi va yana Mendi xato qildi) asosiy tarkibda öynaydi, u bilan esa jamoa butunlay boşqaça köriniş oladi.
AQŞning jahon çempionati öyinidagi asosiy qahramoni — Liberiya prezidentining öğli böldi. Timoti Vea otasi uddalay olmagan işni qildi
Öyindan oldin AQŞ prezidenti Jo Bayden jamoaga qönğiroq qilib, omad qiladi. Prezident gapini «Murabbiy, meni ham tarkibga qöy. Maydonga tuşişga tayyorman», deya hazil bilan boşladi. Futbolçilardan esa köngildan öynaşni, barçani hayratda qoldirişni söradi.
AQŞ Qatardagi jahon çempionatiga juda qiziqarli tarkib bilan taşrif buyurgan. Muxlislar bu mamlakat termasi Yevropa çempionatlaridagi bir neça futbolçini olib, tarkibni asosan okeanortidagi kuraşuvçan va nomdor bölmagan futbolçilar bilan töldirişiga odatlanib qolişgandi. Ammo bu safar boşqaça — MLS vakillari ham bor, ammo jamoa özagi — Yevropaning kuçli klublari futbolçilaridan tarkib topgan.
Darvozabon Terner «Arsenal» vakili, himoyaçi Dest — «Milan» a’zosi, havbeklar Makkenni va Reyna — mos ravişda «Yuventus» va Dortmundning «Borussiya» klublarida töp tepişadi. Jamoaning asosiy yulduzi esa — «Çelsi» vingeri Kristian Pulişiç. Qolaversa, «Valensiya», «Lids», «Borussiya» M klublaridan olingan istiqbolli yoş futbolçilar bor. Albatta, AQŞning yaşirin favorit deyiş mubolağa bölib ketadi, ammo bu jamoa pley-offga çiqişga umid qilişi mumkin.
Şunday böldi ham, V guruhidagi birinçi turda köp narsa oydinlaşardi. Angliya Eron ustidan 6:2 hisobida ğalaba qozoniş orqali kvartetning yaqqol favoriti va autsayderini körsatib berdi. AQŞ esa Uels bilan guruhdan ikkinçi örin bilan çiqiş uçun kim da’vogar ekanini hal qilişi kerak edi.
Uelsliklar jahon çempionatiga 1958 yildan buyon ilk bor taşrif buyurişdi. Beyl va Remzi endi 30 yoşdan oşgan, ikkisi ham ançadan buyon Yevropada yetakçi futbolçilar sanalmay qolgan, ammo Uels Yevro-2016 turniridagi tayanç nuqtalarini saqlab qolgan — pressing, kuçli himoyaçilar, töpsiz öynaş mahorati va qarşi hujumlar.
Bu ikki jamoa öyini hisobini bilgan holda bu öyindan nima kutilganini aytiş oson. AQŞ töpga egalik qildi va himoyaçilar orasidan töpni ötkazgan holda raqib mudofaasini sinovdan ötkazib, hujumlarni rivojlantirişga urindi. Töpga egalik qiliş böyiça 67 foiz ustunlikka erişilgani holda amerikaliklar darvoza tomon atigi uç bor zarba berişdi va şundan faqat bittasi darvoza sohasiga töğri bordi. Lekin şuning özi muvaffaqiyat uçun yetarli böldi.
AQŞ termasiga keskinlik va begona darvoza atrofida böşliqlar yetişmadi, töpga egalik qiliş esa deyarli samarasiz edi. Ammo öyinning 35-daqiqasida uelsliklar maydon markazida xatoga yöl qöyişdi — hujum boşlagan Pulişiç hujumçi Timoti Veani darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqardi. U esa uyaltirmadi.
Timoti — Afrikadan «Oltin töp» sohibi bölgan ilk futbolçi, 2017 yilda Liberiyaning 25-prezidentiga aylangan afsonaviy Jorj Veaning öğli hisoblanadi. Futboldagi yuqori natijalariga qaramay, katta Vea heç qaçon jahon çempionatlarida öynamagan — uning öğli esa ham öynadi, ham gol urdi. Liberiya prezidentining öğli jahon çempionatida AQŞ uçun gol urişi — doim ham bölavermaydigan voqea.
Tanaffusdan keyin öyin kartinasi biroz özgardi — amerikaliklar himoya haqida köproq öylay boşladi, Uels esa öziga xos uzatmalar bilan jarima maydonidagi vaziyatni keskinlaştirib turdi va raqib maydonida töp uçun kuraşib, uni olib qöya boşladi. 65-daqiqada Terner uelslik Devisning boş bilan bergan zarbasidan keyin jamoasini muqarrar goldan qutqardi.
AQŞda ham raqibni böş qoldirilgan hududlardan foydalanib, jazolaş uçun vaziyatlar böldi, faqat amerikaliklar bundan foydalana olişmadi. Va yakunda buning tölovini qilişdi — 80-daqiqada himoyaçi Tsimmerman jarima maydoni içida şu vaqtgaça unça közga taşlanmay turgan Garet Beylni yiqitdi. Tajribali futbolçi penaltini aniq ijro etdi.
Bu hozirça jahon çempionatining eng yakkakuraşlarga boy bölgan öyini böldi. Vaziyatlar ham kam bölmadi — muxlislar turli uslublar va turli syujyetlar hamda öyin borişining turli ssenariylariga guvoh bölişdi. 1:1 — nisbatan teng kuçli jamoalar öyini uçun adolatli natija. Sifatli futbol borasida savollar bölsa ham, bunaqa öyinlar hatto yirik turnirlarda ham tez-tez uçrab turadi. Şu bilan birga, öyinda boşqa narsa köproq edi — asabiylik va qizğinlik. Bu esa ança jozibali ingrediyentdir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi