Bugun Özbekistonda çorvadorlar ozuqa va yem-xaşak tanqisligini boşdan keçirayotgani sir emas. Çorva va parranda yetiştiriş, ularni turli yuqumli kasalliklardan himoyalaş, aholining sifatli göşt, sut va tuxum mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş maqsadida harakat qilayotgan fermerlar uçun joriy yildan Özbekistonda iş boşlagan Rossiyaning Mustang kompaniyasi faoliyati bilan tanişdik.

“Bizning Mustang kompaniyamiz 30 yildan buyon Rossiyada faoliyat yuritib keladi. 1993 yildan beri jonivorlar uçun sifatli ozuqa tayyorlaşga kirişganmiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz va buni mehr bilan uddalayapmiz deb öylayman. 30 yil davomida Rossiya va MDH davlatlari bozoriga sifatli va tabiiy ozuqalar, qöşimça vitaminlar va minerallar yetkazib beryapmiz.

Bu mahsulotlar Smolensk va Moskva şaharlarida joylaşgan 2 ta yirik zavodimizda işlab çiqariladi. Özbekistonda ham bu mahsulotlarga talab kattaligi sabab 2022 yilda Toşkentda ham ofisimizni oçdik.

Biz bu yerda şunçaki kompaniya emas, fermerlar uçun ozuqa yetkazib berişda texnologik yeçimlar beruvçi provayderga aylanişni, döst va hamkor bölişni istaymiz. Çunki ular göşt, sut işlab çiqarişadi. Biz ferma egalariga konsultatsiyalar beramiz, hayvonlarga ratsionlarini tayyorlaşda yaqindan yordam beramiz.

Bizning mutaxassislarimiz faqat mahsulotni tayyorlaş emas, çorva va parrandalar uçun töliq, soğlom ratsionni yaratiş ustida işlaşadi. Fermerlarning iş kölamini kengaytiriş, foydasini oşiriş uçun yordam berişadi. Ular fermalarga borib, u yerdagi ahvol bilan tanişib, kerakli maslahatlarni berişadi.

Mahsulotlarimiz töliq tabiiy tarkibdan taşkil topgan. Çorva va parrandalarga antibiotiklar, sun’iy qöşimçalar asosida tayyorlangan ozuqa arzon bölişi mumkin, lekin u juda xavfli. Şuning uçun kompaniyamiz bunga qarşi va biz ulardan butunlay voz keçganmiz. Çunki bu jonivorlardan olinadigan mahsulotlarni odamlar, bolalar iste’mol qilişadi”, — dedi kompaniya rahbari Akrom Tolibov.





















