Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) Ukrainadagi Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) öqqa tutilişi tufayli radioaktiv bölmagan moddalar sizib çiqqanini ma’lum qildi.
21 noyabr kuni MAGATE mutaxassislari elektr stansiyasiga yetkazilgan zararni örganib, uning «sezilarli» ekanini aniqlaşdi.
Taşkilot bayonotiga köra, stansiyada kondensat saqlanadigan rezervuarlar şikastlangan, oqibatda radioaktiv bölmagan moddalar sizib çiqqan.
Stansiyaning öqqa tutilişi oqibatida işlatilgan yoqilği va radioaktiv çiqindilar zarar körmagan, ular maxsus konteynerlarda saqlanmoqda.
Bir kun oldin MAGATE boş direktori Rafael Grossi tomonlarni ZAES hududini öqqa tutişni zudlik bilan töxtatişga çaqirgan edi. Uning sözlariga köra, stansiya hududidagi portlaşlarni «umuman qabul qilib bölmaydi». Uning sözlariga köra, yadroviy xavfsizlik uçun muhim bölgan ZAES infratuzilmasiga hozirça heç qanday zarar yetkazilmagan.
Qayd etiş joizki, uruş boşlanganidan beri Zaporijjya AES hududi muntazam ravişda öqqa tutilmoqda. Rossiya va Ukraina bunda bir-birini ayblab kelmoqda.












