Klub portugaliyalik hujumçi özaro kelişuv asosida şartnomani bekor qilganidan söng darhol jamoani tark etişini e’lon qildi. 

Futbolçi ham buni tasdiqladi.

«Klub bilan muzokaralardan söng şartnomani muddatidan oldin bekor qilişga kelişib oldik. «Yunayted»ni va muxlislarini yaxşi köraman — bu heç qaçon özgarmaydi. Şu bilan birga, men uçun yangi sinovlarni izlaş vaqti kelganini his qilyapman.

Jamoaga mavsumning ikkinçi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman», — deya 37 yoşli portugaliyalikning sözlarini keltiradi The Telegraph.

Oldinroq Kriştianu şov-şuvli intervyu berib, klub rahbariyati va boş murabbiy Erik ten Hagni tanqid qilgandi.

Ronaldu 2003-2009 yillarda «MYu»da öynagan va 2021 yil jamoaga qaytgandi. U bu mavsumda mankunianliklar safida 16 öyinda 3ta gol urgan va 2ta golga assistentlik qilgandi.