Özbekiston hududida yöldoş aloqa tizimlaridan foydalanişni tartibga solişni takomillaştiriş maqsadida ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasi mazmuni quyidagilardan iborat:

“Davlat boji töğrisida” qonun ilovasi “Davlat boji stavkalari miqdorlari” 33-bandi yöldoş aloqa tarmoqlarini loyihalaş, quriş, foydalaniş va xizmatlarini körsatiş bilan töldirilmoqda va uşbu faoliyat uçun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda, jumladan:

  • trankli, radiotelefon, yöldoş aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularga xizmatlar körsatiş – BHM 135 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yöldoş aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş – BHM 10 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yöldoş aloqa tarmoqlarini quriş faoliyatini amalga oşiriş – BHM 20 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yöldoş aloqa tarmoqlaridan foydalaniş – BHM 30 baravari;
  • trankli, radiotelefon, yöldoş aloqa tarmoqlariga xizmatlar körsatiş faoliyatini amalga oşiriş – BHM 80 baravari.

“Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida” qonun 1-ilova 32-pozitsiyasi 9-, 10-, 11-, 12-satrlari yöldoş aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, foydalaniş va xizmatlarini körsatiş bilan töldirilmoqda, jumladan:

  • köçma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yöldoş) aloqa tarmoqlarini loyihalaştiriş;
  • köçma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yöldoş) aloqa tarmoqlarini quriş;
  • köçma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yöldoş) aloqa tarmoqlaridan foydalaniş;
  • köçma radiotelefon (radiotelefon, trankli, yöldoş) aloqa tarmoqlari xizmatlarini körsatiş.

Qonun loyihasi qabul qilinişi orqali quyidagi asosiy maqsadlarga erişiladi:

  • Özbekiston hududida zamonaviy yöldoş aloqa tizimlaridan foydalaniş uçun ruxsat beriş tartibi belgilanadi;
  • respublika hududiga yöldoş aloqa tizimlari uskuna va terminallari qonuniy asosda olib kiriş va foydalanişga imkoniyat yaratiladi;
  • yöldoş aloqa tizimlarini qonuniy asosda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlariga ulaniş masalalari huquqiy yeçimini topadi;