Viloyat hokimi Farhod Ermanov farmoyişiga köra, unga Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.
Jazo sababi sifatida «Iş faoliyati davomida öziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzgani» körsatilgan.
Farmoyişga Xorazm viloyati prokuraturasining 2022 yil 16 noyabrdagi intizomiy javobgarlik töğrisida iş qözğatiş haqidagi qarori va Odilbek Artiqovning tuşuntiriş xati asos qilib olingan.
Artiqov Odilbek Sa’dullayeviç 2022 yil mart oyidan buyon Şovot tumani hokimi sifatida işlab kelmoqda.












