Yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgaradi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2023 yil 1 apreldan boshlab:
- amaldagi yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha har bir burg‘ilanadigan quduq uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinib, o‘rniga yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish joriy etiladi;
- yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma faqat yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi;
- respublika hududiga olib kirilgan yoki ichki bozorda sotib olingan yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalarini faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olinadi;
- davlat ro‘yxatiga olingan yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalari bo‘yicha bir oy muddatda yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish (qayta rasmiylashtirish) shartlari belgilanadi.
Ichki ishlar vazirligi:
- davlat ro‘yxatida qayd etilgan o‘ziyurar, tirkamali va boshqa turdagi yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalarini Davlat geologiya qo‘mitasi bilan birgalikda xatlovdan o‘tkazishni hamda ular ro‘yxatini shakllantirishni;
- ro‘yxatga muvofiq har bir burg‘ilash uskunasining texnik pasportlarini transport (texnika) turiga ko‘ra alohida tasniflab, bepul tarzda qayta rasmiylashtirishni;
- respublika hududiga olib kirilgan yoki sotib olingan yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalari faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olishni va bu haqda tegishlicha axborotni Davlat geologiya qo‘mitasiga ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etib borishni;
- 2023 yil 1 apreldan boshlab, yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalarini davlat ro‘yxatiga qo‘yishda ular uchun yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish (qayta rasmiylashtirish) sharti belgilanishini ta’minlaydi.
Yerosti suvlariga quduqlar burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlari qaramog‘idagi burg‘ilash uskunalari texnik pasportlarini tegishliligicha Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarida alohida tasniflagan holda qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
-
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

11:32 / 16.04.2025
Olotda 10 yoshli qiz eski quduqqa tushib ketib vafot etdi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

17:04 / 21.02.2025
Xitoyda Osiyodagi eng chuqur quduq burg‘ilandi

18:20 / 15.01.2025