Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 22 noyabr kuni soat 17:30 larda A-377 Samarqand-Ayniy xalqaro avtomobil yölining Toyloq tumani Boğizoğon mahallasi hududidan ötuvçi 15-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Urgut tumani Tinçlik mahallasida yaşovçi M.Ş. Spark maşinasi bilan harakatlanib kelayotib, qarama-qarşi yölga çiqib ketgan. Söng röparadan kelayotgan Toyloq tumani Talliota mahallasida yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan Damas bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida ikkala haydovçi tan jarohatlari olgan va Toyloq tumani markaziy şifoxonasida yotqizilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramay Spark haydovçisi şifoxonada vafot etgan. 

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida 5ta maşina iştirokida sodir bölgan YTHda Damas haydovçisi halok bölgandi.