The Daily Star xabariga köra, Apple rahbariyati «Mançester Yunayted»ni dunyoning eng boy futbol klubiga aylantiriş niyatida. Naşr ehtimoliy kelişuv haqida batafsil ma’lumot bermadi. Şuningdek, bu xabarga Apple va «Mançester Yunayted» rahbariyati ham izoh bermadi. 

22 noyabr kuni «Mançester Yunayted» xöjayinlari, amerikalik Gleyzerlar oilasi klub uçun «strategik muqobil variantlarni örganişni» boşlagani, şuningdek, sotişni ham körib çiqayotgani haqida xabar berildi.  

«Bu jarayon klubning kelajakda maydonda ham, tijoratda ham ösişini ta’minlaşga qaratilgan», deyilgan ingliz klubining press-relizida. 

Apple dunyodagi eng yirik texnologik kompaniya bölib, yillik daromadi 326 milliard funtga yaqin va şu oydagi hisob-kitoblarga köra, uning aktivlari qiymati 2 trillion funtga teng. 

Kaliforniyada joylaşgan firma «Mançester Yunayted» kattaligidagi futbol klubiga egalik qiliş tajribasiga ega emas. 

Ammo boş direktor Tim Kuk «Mançester Yunayted»ga egalik qiliş imkoniyatlarini örganişga tayyor.