Metall haykalça uslubida işlangan kaptarni ifodalovçi mukofotni Ispaniya Ipak instituti prezidenti Fernando Molina Pons Özbekiston elçisi Jahongir Ğaniyevga topşirdi.
Tadbir davomida Bioparc kompaniyasi ipak san’ati, uni yetiştiriş va qayta işlaşga bağişlangan Alquería del Rey loyihasi uçun, Valensiya porti ma’muriyati Bio Galleon’ni nişonlaşda qöllab-quvvatlagani uçun hamda Oliy Ipak san’ati maktabi Valensiyada ipak tarixi va istiqbolini yoyişda yaqindan hamkorlik qilgani uçun Valencia BioSeda Creativa («Valenciya ijodiy bio-ipak») mukofotiga sazovor bölişdi.

Tadbir doirasida Valensiya viloyati turizm sohasi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar, xususan, Ispaniya Ipak instituti Prezidenti Fernando Molina Pons, Gaceta del Turismo naşri boş muharriri Rafael Minyana va Oliy Ipak san’at instituti maktabi Prezidenti Gonsalo Xulian Ordunya bilan alohida uçraşuvlar ötkazildi.
Suhbat çoğida turizm va pillaçilik sohasida hamkorlikni yölga qöyiş, Özbekiston sayyohlik salohiyatiga oid maqolalar çop etiş, 2023 yilda milliy liboslar körgazmasini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.












