Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo IIB boşliq örinbosari, Şerzod Şodiyev Termiz şahrida YTH sodir etgani va viloyat IIB mazkur “avariya”ni yaşirayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda ma’lum qilinişiça, 2022 yil 3 noyabr kuni soat 13:47 larda ayol kişi boşqaruvida bölgan Cobalt maşinasi Termiz şahri At-Termiziy köçasida harakatlanayotib boşqaruvni yöqotgan. Söng yölning qarama-qarşi qatnov qismiga çiqib ketgan va töğridan kelayotgan fuqaro H. (erkak) boşqaruvida bölgan Matiz bilan töqnaşgan.

Oqibatda, Cobalt maşinasining orqa örindiğida bölgan yölovçi ayol sud tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, oğir tan jarohatlari olgan.

Hodisa yuzasidan Termiz şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilgan va Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, jinoyat işining tergovi Termiz şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq Qaşqadaryoda Nişon tumani hokimi örinbosari maşina boşqarib piyodani urib yuborgan va jabrlanuvçi voqea joyida vafot etgandi.