Ukrainaning barça atom elektr stansiyalari elektr energiyasi töliq öçirilganidan söng yana milliy energiya tizimiga ulandi.
Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) boş direktori Rafayel Grossi öz bayonotida Ukrainaning Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy atom elektr stansiyalari elektr tarmoğiga qayta ulangani va mamlakat ehtiyoji uçun elektr energiyasi işlab çiqarayotganini tasdiqladi.
Çernobil AES ham elektr ta’minotiga ulandi. Avvalroq, Zaporijjya AES ham taşqi energiya tarmoğiga ulangan edi.
10 oktyabrda Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning muhim infratuzilmasiga raketa zarbalarini bergan va atigi bir kun içida Ukraina energetika infratuzilmasining 30 foiziga zarar yetgan edi.
23 noyabr kuni Rossiya yana Ukraina energetika tizimiga zarba berdi. Şundan söng, barça atom elektr stansiyalari faoliyati töxtatilgan va mamlakatda jiddiy energetika inqirozi yuzaga kelgan edi.











