Qozoğistonda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning xizmat maşinasi deb atalayotgan noyob S-sinfiga mansub Mercedes 600 avtomobili sotuvga qöyildi.
U 1993 yilda işlab çiqarilgan va 408 ot kuçiga ega 6 litrli V12 dvigateli bilan jihozlangan. Bundan taşqari, B7 sinfiga mansub zirh bilan qoplangan, u yölovçini 7,62×63 mm ölçamga ega öq-dorilardan himoya qiladi. Şuningdek, avtomobil kulrang çarm salonga ega va yon oynalari motorli pardalar bilan jihozlangan. Old va orqa örindiqlari esa isitiladi. E’londa maşinaning qöşimça sarmoyaga muhtojligi aytiladi, jumladan, vaqt ötişi bilan uning oynalari darz ketgan.

Avtomobildan juda kam foydalanilgan, u 29 yil içida atigi 38 ming km yöl bosgan.
Mercedes-Benz 600 SEL avtomobili uçun 25 mln tenge (53 ming dollar) söralmoqda.












