Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Özbekistonga kelib, 28 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Toşkentdagi idoralarning rasmiy axborotlarida aytilişiça, mazkur uçraşuvlarda Özbekiston–Rossiya aloqalarining rivojlanib borayotgani e’tirof etilgan, özaro hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş haqida söz borgan.

Nurdinjon Ismoilov va Vyaçeslav Volodin ikki mamlakat parlamentlari quyi palatalari örtasida hamkorlik böyiça komissiya tuzişga kelişib olgan va komissiyaning reglamentini imzolagan.

Foto: Özbekiston prezidentining matbuot xizmati
Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatsi matbuot xizmati

Rossiya delegatsiyasi taşrifini 27 noyabr kuni Samarqandda boşlagan. Mehmonlarni kutib oliş uçun Samarqand xalqaro aeroportiga Nurdinjon Ismoilovning şaxsan özi çiqqan. Delegatsiya birinçi prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan, Boqiy şahar majmuasida bölgan. Toşkentda esa Ğalaba boği va Amir Temur muzeyiga borgan.

28 noyabr kuni Duma rasmiy saytida Volodinning Özbekistonga safariga doir rasmiy bayonoti e’lon qilindi. Bayonot AQŞga qarşi ayblovlardan iborat.

Vyaçeslav Volodinning fikriça, Özbekiston AQŞ bilan hamkorlikning “ehtimoliy oqibatlariga baho beriş”da Yevropaning Amerika bilan hamkorligi “natijalari”dan saboq çiqarişi kerak.

“Bu yerdagi odamlar donişmand, aqlli – bu xat-xabarlar nimaga olib kelişini tuşunişadi”, – degan u AQŞ vakillarining Markaziy Osiyoga tez-tez kelib turişiga izoh berarkan.