Havayi orollarida sönggi 40 yillikda birinçi marta dunyodagi eng katta faol vulqon — Mauna Loa otilişni boşladi. Mahalliy ma’muriyat vakillari xabariga köra, lava hali kaldera (vulqon hududi) çegaralaridan taşqari çiqmagan va toğ etagida yaşovçi odamlarga tahdid solmayapti.
Ammo AQŞ Geologiya xizmati vaziyat juda tez özgarişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Havayining Katta oroli va uning atrofidagi suvlarga vulqon kuli soçilişi ehtimolidan ogohlantirilgan va aholiga huşyorlikni yöqotmaslik tavsiya etilgan.
Vulqonning hozirgi uyğonişi yakşanba kuni keçqurun vulqon çöqqisidagi Mokuaveoveo kalderasida boşlandi. Kaldera - otiliş yakunida çöqqida hosil böladigan çuqurlikdir.

Undan avvalroq mintaqada sodir bölgan ketma-ket yer silkinişlari ortidan vulqon uyğonişi mumkinligi haqida bir neça ogohlantirişlar berilgandi, jumladan yakşanba kuni ön martadan ortiq kamida 2,5 balli zilzilalar kuzatilgan.
«Ötmişdagi tajribadan kelib çiqib, Mauna-Loa vulqoni otilişining dastlabki bosqiçlari juda dinamik bölişi, lava oqimlari joylaşuvi va harakati esa juda tez özgarişini aytiş mumkin», deyiladi AQŞ Geologiya xizmati xabarida.
Xabarda agar vulqon otiliş balandligi kaldera devorlaridan çetga çiqadigan bölsa, lava oqimlari qiyalik böylab juda tez pastga tuşişi mumkinligi qayd etilgan.
«Bu lava oqimlari kamdan kam hollarda hayot uçun xavf tuğdiradi, lekin ular infratuzilma uçun nihoyatda halokatli bölişi mumkin», — deydi Havayi vulqon observatoriyasida işlagan britaniyalik geofizik doktor Jyessika Jonson.




















