Ijtimoiy tarmoqlarda Ğozğon şahar prokurori iştirokida YTH sodir bölganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Ğozğon şahar prokuraturasi haydovçisi N.J. boşqaruvidagi Lasetti maşinasi Navbahor tumani Mirzo Uluğbek mahallasi hududida, yölning keskin buriliş joyida qarama-qarşi yönalişdan kelayotgan, fuqaro M.O. boşqaruvidagi Lasetti bilan töqnaşib ketgan. YTH oqibatida fuqaro M.O. hamda Ğozğon şahar prokuraturasi haydovçisi N.J. tan-jarohati olgan. Maşina haydovçisi yonida bölgan Ğozğon şahar prokurori B.Isoqov tan-jarohati olmagan.
Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotgan bölib, sud-tibbiy, avtotexnika va boşqa ekspertizalar tayinlangan.
Surxondaryo viloyat IIB boşliq örinbosari YTH sodir etgani haqidagi xabarlar rad etildi











