Sessiya doirasida umumiy yalpi majlis, YeXHT PA migratsiya va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça maxsus qömitalari majlislari bölib ötdi. Sessiya doirasida YeXHT hududidagi nizolarni bartaraf etiş, «yaşil iqtisodiyot»ni yanada rağbatlantiriş, inson huquqlarini himoya qiliş, saylovlarni taşkil etiş sohasida tajriba almaşiş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
YeXHT PA Terrorizmga qarşi kuraşiş maxsus qömitasi majlisi doirasida qömita yangi doimiy a’zosi senator Ravşan Alimov taniştirildi. Özbekiston vakili ma’ruza qildi. Ravşan Alimov respublikada terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş, qilmişidan afsuslangan şaxslarga manzilli yordam körsatiş va ularni jamiyatga moslaştiriş, terroristik faoliyatdan jabrlangan ayollar va bolalarni qutqariş hamda öz vataniga qaytariş böyiça «Mehr» dasturlarini amalga oşiriş doirasida körilgan kompleks çora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Özbekiston delegatsiyasi Varşavada bölişi doirasida YeXHT PA vitse-prezidenti, Terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça maxsus qömita raisi R.Lopatka va assambleya boş kotibi R.Montella bilan ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi. Uçraşuvlarda tomonlar mamlakat YeXHT PA doirasidagi hamkorligi bugungi holati va istiqbollarini, assambleya 2023 yildagi yalpi tadbirlariga oid masalalarni muhokama qildi.
YeXHT PA vakillari özaro hamkorlik darajasini, Özbekistonning assambleya doirasidagi faol pozitsiyasini yuqori baholadi hamda ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oşirişda, fuqarolik jamiyati institutlarini mamlakat fuqarolari manfaatlaridan kelib çiqib mustahkamlaşda bundan buyon ham har tomonlama yordam körsatişga tayyor ekanini bildirdi.













