“Mohir aloqaçi” kökrak nişoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirişga katta hissa qöşgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar, “Öz kasbi ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat körsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelçi, poçtaçi, antennaçi-maçtaçi, operator, feldʼeger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirişga qöşgan munosib hissasi uçun taqdirlanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tizimidagi taşkilotlar kökrak nişoni hamda “Öz kasbi ustasi” belgisi bilan taqdirlaş böyiça takliflarni har yili 1 aprelgaça vazirlikka taqdim etadi. Kökrak nişoni hamda “Öz kasbi ustasi” belgisi har yili 7 may – aloqa sohasi xodimlari kasb bayrami arafasida topşiriladi.
Taqdirlanganlarga BHM tört yarim baravari (1 mln 350 ming söm) miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti beriladi. Mazkur kökrak nişoni va belgi bilan bir şaxs bir marta mukofotlanadi.











