MAŞAV Isroil taraqqiyot va gumanitar yordam sohasidagi hamkorlik dasturlarini işlab çiqiş, muvofiqlaştiriş va amalga oşiriş uçun mas’ul organ hisoblanadi.
Hujjat tajriba va bilim almaşiş hamda Isroil moliyaviy yordami bilan Özbekiston kadrlar salohiyatini mustahkamlaş maqsadida qişloq va suv xöjaligi, atrof-muhitni muhofaza qiliş, soğliqni saqlaş, ta’lim va tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalarda ikki tomonlama hamkorlik mexanizmini yaratişni nazarda tutadi.
Tadbir davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari örtasida Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş va Isroil işbilarmon doiralari hamkorlikdagi yangi yönalişlarni belgilaşi maqsadida ular Özbekistonga amaliy safarini taşkil etiş, Özbekistonda davlat aktivlarini xususiylaştirişda Isroil kompaniyalari faol iştirokini aniqlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.












