Xitoyda quyoşni kuzatiş uçun möljallangan dunyodagi eng yirik DSRT radioteleskopi qurilişi yakunlandi. 

Teleskop Xitoy janubi-ğarbidagi Siçuan provinsiyasi platosida joylaşgan. U har birining diametri 6 metr bölgan 313 ta antennadan iborat. Qurilmaning umumiy maydoni 1 km. 

Radioteleskopning asosiy kalibrlaş antennasi aylananing markazidagi minora tepasiga örnatilgan. Unda osmon jismlari 150-450 megagers çastotasi bilan nazorat qilinadi. 

Teleskop quyoşdagi çaqnaşlar va radiatsiyani kuzatiş uçun möljallangan. Bu öz navbatida, koinotdagi ob-havo özgarişini aniqlaş imkonini beradi va yerga yaqin radiusda uçadigan qurilmalarning işdan çiqişi ehtimolini kamaytiradi. 

DSRT qurilişi 2021 yilda boşlangan edi. Uning antennalarini örnatiş şu yilning noyabr oyida yakunlandi. Eng yirik teleskop bilan ilmiy tadqiqotlar kelasi yilning yozida boşlanadi. Kuzatişlar natijasida olingan ma’lumotlar jamoatçilikka taqdim etilişi va’da qilinmoqda.