Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi ko‘p qirrali faol va samarali hamkorlikka oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
T.Narbayeva keyingi yillarda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini, O‘zbekiston BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa yirik xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiqligini namoyon etib, o‘z majburiyatlarini so‘zsiz bajarib kelayotganligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar tizimli muloqotni davom ettirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni kengaytirishga kelishib oldilar.
















