«Sizga «ilmiy» yangilik bor. Putinning qizi Mariya Voronsova tinçgina Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakulteti dekani örinbosari etib tayinlandi», deb yozdi Pevçix ijtimoiy tarmoqda. U sözlarining isboti sifatida Fundamental tibbiyot fakulteti Ilmiy kengaşi a’zolarining suratini ilova qildi.
Fakultet veb-saytida bunday ma’lumotlar yöq. Şuningdek, Voronsova dekan va örinbosarlari röyxatida ham qayd etilmagan.
2019 yil aprel oyida Mariya Voronsova genetik texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça Federal ilmiy-texnikaviy dasturni amalga oşiriş böyiça kengaş tarkibiga kiritildi. Huquqiy axborot portalida e’lon qilingan prezident farmonida u Rossiya fanni rivojlantiriş assotsiatsiyasi prezidiumi a’zosi etib tayinlangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mariya Voronsovani öz qizi ekanini rasman tan olmagan.
2019 yilda BBC muxbiri Farida Rustamova Putindan qizlari haqida söradi, biroq u otalik faktini tan olmadi va «bu ayollar» deb gapirdi.
«Siz bir ayolni, ikkinçisini aytdingiz. Bu ayollarning şaxsiy uluşi, biznes hajmini tilga oldingiz. Şunçaki faktlarni aytdingiz. Agar yaxşilab suriştirsangiz, bu qanday biznes ekanini, kimga tegişli ekanini, kim yordam berayotganini tuşunib olasiz», degan edi Putin.













