Belgiya politsiyasi maxsus reyd davomida Bryusseldagi 16 ta turar joy va ofis binolarida tintuv ötkazdi. Şuningdek, tört kişini hibsga oldi. Ular orasida Yevroparlamentning sobiq va amaldagi deputatlari ham bor.
Huquq-tartibot idorasi hibsga olinganlarning ismini oşkor qilmayapti, biroq turli manbalarga köra, ular orasida Yevropaparlament vitse-prezidenti, gretsiyalik Yeva Kayli, Yevropaparlamentning sobiq deputati, italiyalik Antonio Pançeri va Xalqaro kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi boş kotibi Luka Visentini bor.
Ularning barçasi Qatar-2022 jahon çempionatini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq korrupsiyada gumon qilinmoqda.
Belgiya politsiyasi fikriga köra, hibsga olinganlar pora evaziga nufuzli musobaqaga aynan Qatar mezbonlik qilişiga hissa qöşgan. Şuningdek, ular boşqa deputatlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqining Qatarga nisbatan siyosatiga ham ta’sir ötkazgan.
Xabar qilinişiça, Pançerining uyidan 500 ming yevro naqd pul solingan jomadon topilgan.
Belgiya prokuraturasining ta’kidlaşiça, «Federal sud politsiyasi tergovçilari Qatarni Yevroparlamentning iqtisodiy va siyosiy qarorlariga bir neça oy davomida ta’sir etganlikda gumon qilişmoqda».
Endi Qatar davlati «Yevroparlamentda muhim siyosiy va strategik maqomga ega amaldorlarni ta’qib qiliş, ularga katta miqdordagi pul va qimmatbaho narsalarni beriş»da ayblanmoqda.


















