El Siglo de Torreon nashri xabariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida besh nafar erkak, bir ayol va voyaga yetmagan bola bor.
Nashrning yozishicha, ular avtobusda Meksikaning shimoli-g‘arbiy qismidagi Quyi shimoliy Kaliforniya shtatiga ketayotgan paytida, Gomes-Palasio shahrida to‘xtash vaqtida hujumga uchragan.
Jinoyatchilar o‘zbekistonliklardan 1200 dollar talab qilishgan, fuqarolarda esa pul bo‘lmagan. Shu bois noma’lum shaxslar jabrlanuvchilarni shaxsiy uyga olib kelib, pul talab qilgan.
Huquq-tartibot idoralari o‘zbekistonliklarni ozod etib, himoya va yordam ko‘rsatish uchun milliy migratsiya institutiga yuborgan.
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va Tashqi ishlar vazirligi yuqoridagi ma’lumotlarga hozircha izoh bermagan.















