Bugun, 13 dekabr kuni Qatardagi jahon çempionatida Argentina va Xorvatiya milliy jamoalari örtasida dastlabki yarimfinal uçraşuvi ötkaziladi. Bir kun ötib Fransiya va Marokaş ikkinçi finalçini aniqlaydi. Finalga çiqiş uçun qaysi jamoalarda imkoniyat köproq?
Köpçilik yarimfinallarda boşqaça juftliklarni kutgandi. Masalan, Janubiy Amerikaning ikki yetakçi jamoasi — Argentina va Braziliya örtasidagi töqnaşuvni. Beş karra jahon çempionlari ikki karra jahon çempionlariga qarşi. Superkompyuter ham bu ikki jamoani turnirning ikki asosiy favoriti deb topgandi.
Ammo Braziliya yölni Xorvatiyaga böşatib berdi, Portugaliya esa — Marokaşga. Va bunda çorakfinalning asosiy omadsizlari faqat özlarini ayblaşi mumkin. Pentakampeonlar hisobda oldinda borişayotgandi va öyinni ğalaba bilan yakunlaşga işonçi yuqori edi. Ammo futbolçilar oliftalik qila boşlaşdi va qarşi hujumni ötkazib yuborişdi. «Şaşkaçilar» natijaga köproq e’tibor qaratib, öz maqsadiga erişdi.
Argentina — Xorvatiya
14 dekabrga ötar keçasi (Toşkent vaqti bilan soat 00:00) Lionel Messi boşçiligidagi argentinaliklar Luka Modriç boşçiligidagi xorvatlarga qarşi maydonga çiqişadi.
Çorakfinallarda 120 daqiqadan öyin ötkazgan va köp kuç sarflagan ikki jamoa töqnaşadi. Ikki jamoa ham penaltilar seriyasida iştirok etib, yanada köp kuç yöqotgan. Xorvatlar uçun Yaponiyaga qarşi nimçorakfinal öyini ham şunday ssenariyda keçgandi.
Umuman, Xorvatiya tört yil oldingi jahon çempionati pley-off öyinlarida ham şunday grafikda harakatlangan, yarimfinalda overtaymlarda Angliyani mağlub etgandi. Ammo öşa tarkib yetakçilari tört yoşga keksaydi.
Argentina termasi esa Qatarda jiddiy sinovlardan ötdi. Birinçi turda Saudiya Arabistonidan uçralgan mağlubiyatdan keyin parokandalikka uçramadi va guruhda avval Meksika, keyin Polşa himoyasini kuçli bosim ostida qoldirib, birinçi örinni egalladi. Pley-offda esa dastlab hujumkor futbol namoyiş etgan Avstraliya tösiğidan ötdi, keyin Niderlandiyaga qarşi öyinda raqib 0:2 hisobida iroda körsatib, vaziyatdan çiqib ketganida ham öyinni kuçaytirdi va yakunda ğalabaga erişdi.
Leo atrofida jipslaşgan jamoa yaxşi sport formasida, futbolçilar öz öyinini topib olgan va ruhiy ustunlik ham ular tomonda. Şu tufayli «Albiseleste»ni bu juftlikda favorit deyiş mumkin.















