Berlin markazida 16 dekabr, juma kuni ertalab dunyodagi eng yirik akvariumlardan biri – Aleksanderplats yaqinidagi binolar majmuasi foyesida joylaşgan, siğimi bir million litr bölgan AquaDom yorilib ketdi. Politsiya ma’lumotlariga köra, ikki kişi şişa parçalaridan jarohat olgan va tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Uşbu majmuada joylaşgan mehmonxona fasadi elementlari bilan birga köçaga suv toşib çiqqan. Mehmonxona xodimlari va mehmonlar evakuatsiya qilingan. 

Xabar e’lon qilingan paytda hodisa sabablari ma’lum emas edi. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga köra, ehtimoliy hujum amalga oşirilganiga oid qandaydir belgilar yöq. Voqea joyi örab olingan. 

Binoga yetkazilgan aniq zarar hajmi va miqdori aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar xizmatining dastlabki hisob-kitoblariga köra, mehmonxonaning birinçi qavatiga zarar yetgan, yertölaga biroz suv tuşgan. 

Tez orada voqea joyiga Texnik yordam xizmati (Technisches Hilfswerk, THW) mutaxassislari yetib boradi, ular binoning tayanç konstruksiya elementlariga şikast yetgani yoki yetmaganini aniqlaşi kerak. Oqib çiqqan suvning umumiy massasi ming tonnani taşkil etdi. 

Akvariumda 1500 ga yaqin tropik baliqlar yaşaydigan marjon riflari (qoyalari) joylaşgan edi. Balandligi 16 metr va diametri 11,5 metr bölgan şikastlangan obekt egasining sözlariga köra, u dunyodagi eng katta alohida turuvçi silindrsimon akvarium hisoblanadi.