Rossiyalik senator: Biz Turkmanistondan Ozarboyjonga gaz quvuri qurilishiga ruxsat bermaymiz
Rossiya Transkaspiy gaz quvurining barpo etilishiga «ekologik sabab» tufayli qarshilik qilmoqchi.
Rossiya Federatsiya Kengashining a’zosi Aleksandr Bashkin Turkmaniston-Ozarboyjon transkaspiy gaz quvuri qurilishiga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ekspertlari turkman gazi Boku orqali Turkiyaga, u yerdan esa Yevropaga eksport qilinishi, bu bilan Rossiya gaziga qaramlikdan ozod bo‘lish mumkinligiga bekorga umid qilmoqda.
«Shuni bilish kerakki, Kaspiy dengizining maqomi to‘g‘risidagi beshta Kaspiy davlati tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, barcha davlatlar o‘zaro munosabatlarda har qanday loyihalarni amalga oshirishga rozilik berishi kerak, ayniqsa ekologik xavfsizlik sohasida. Suv ostidan yotqiziladigan gaz quvuri Kaspiy dengizining ekologik xavfsizligiga tahdid solishi sababli, Rossiya uning qurilishiga rozi bo‘lolmaydi», dedi senator.
«Ayni paytda Turkmanistonning iqtisodiy manfaatlaridan xavotirlanishga hojat yo‘q. Bizga do‘stona bo‘lgan ushbu davlat gazining har qanday hajmini Xitoy, Hindiston va Rossiya qabul qilishga qodir», deb xulosa qildi Bashkin.
13-14 dekabr kunlari Turkmanistonning Ovoza turistik zonasida Ozarboyjon, Turkiya va Turkmaniston rahbarlari sammiti o‘tkazildi va unda Transkaspiy gaz quvuri loyihasi yana muhokama qilingan bo‘lishi mumkin. Turkmaniston matbuotida gaz quvuri mavzusi deyarli tilga olinmadi. Shu bilan birga, Rossiyaning «Kommersant» nashri turkman gazini Ozarboyjon orqali Yevropaga yetkazib berishni tashkil etish go‘yoki sammitning asosiy maqsadi bo‘lganini yozdi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024