Tölov tizimi operatori yoki elektron pullar tizimi operatori yoxud tölov taşkiloti nazorati ostida yoki ahamiyatli ta’siri doirasida bitta yoki bir neçta pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar bölgan taqdirda içki qoidalar guruhiy yondaşuv asosida işlab çiqilişi va quyidagilarni öz içiga olişi kerak:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştiriş va (yoki) ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştiriş bilan boğliq tavakkalçiliklarni boşqariş va mijozlarni lozim darajada tekşiriş uçun zarur bölgan ma’lumotlarni almaşiş qoidalari va tartib-taomillari;
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va (yoki) ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş funksiyalarini guruh darajasida ta’minlaş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştiriş va (yoki) ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş maqsadlari uçun zarur bölgan hollarda filiallardan va şu’ba korxonalardan ular mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari töğrisidagi ma’lumotlar olinişini ta’minlaş;
maxfiylikni va ma’lumotlardan foydalanişni yetarli darajada himoya qiliş.
Içki nazorat xizmati rahbari nobank kredit taşkiloti ijro etuvçi (ijroiya) organi a’zosi yoki rahbari örinbosari bölib hisoblanadi.
Yuridik şaxsni taşkil etmagan çet el tuzilmasiga nisbatan uşbu qoidalar bilan yuridik şaxslar uçun örnatilgan talablar qöllanadi.
Markaziy bank tölov tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlaridan özlarida ötkazilgan tavakkalçiliklarni baholaş natijalarini sörab olişga haqli.
Şubhali operatsiya haqidagi xabar Içki nazorat xizmati tomonidan, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş bilan boğliq ma’lumotlarni taqdim etiş tartibi töğrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
Tölov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va tölov taşkilotlarida mas’ul xodim yoki Içki nazorat xizmati faoliyati içki audit xizmati yoki taşqi audit tomonidan tekşirib boriladi.











