“Kelgusida poytaxt jamoat transporti uçun yangi avtobuslar sotib olinişi rejalaştirilgan”.
Toşkent şahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etiş orqali transport xizmatini qulaylaştiriş, yönalişlardagi avtobuslar harakatlanişini töğri va samarali taşkil etiş maqsadida “Toşşahartransxizmat” AJga tegişli 7, 8, 18-sonli avtosaroylarda mavjud yönalişlar faoliyatini örganişga 212 nafar içki işlar xodimi jalb etilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati Kun.uz söroviga javoban ma’lum qildi.
Örganiş davomida 65 ta yönalişga 411 ta avtobus jalb etilgani, biroq aholi ehtiyojlarini töliq qondiriş uçun qöşimça 57 ta avtobus zarurligi aniqlandi. Zaruriy ta’mirlaş işlaridan söng 16 dekabr kuni qöşimça 20 ta avtobus jalb qilingan.
Bundan taşqari, 71 ta avtobus olib kelinib, yönalişga çiqariş uçun jihozlangan (GPS, tölov terminali, yönaliş raqami va körsatkiçlari va h.k. örnatilgan), davlat raqam belgilari tarqatilgan hamda haydovçilarni öqitiş işlari amalga oşirilgan. 71 ta avtobusdan 35 tasi yönalişga çiqarilgan.
Qöşimça olib kelingan avtobuslarning 30 tasi IIV tomonidan ajratilgan bölib, ular interval vaqti uzoq va yönaliş masofasi katta bölgan yönalişlarga biriktirilgan. Natijada sutka davomida yölovçilar soni 1,9 foizga, tuşumlar miqdori 2,5 foizga oşgan, yönalişdagi avtobuslarning harakatlaniş oraliq vaqti 25-30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqargan. Keyingi bosqiçda 36 ta avtobus tayyorlanib, yönalişga çiqarilişi rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, poytaxt avtobus saroylarida mavjud 570 ta avtobusdan 176 tasi texnik jihatdan nosoz holda saqlanayotgani, 75 tasi foydalanişga umuman yaroqsiz holatda ekani aniqlangan va şundan 16 tasi IIV, MG, FVVning taşabbusi bilan joriy ta’mirlangan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, IIV qaramoğiga berilgan avtosaroylarga 302 ta şina, 86 ta akkumulyator batareyasi va 343 ta boşqa turdagi ehtiyot qism zarurligi aniqlangan.
Haydovçilari ştat birligi 895 ta bölsa-da, 14,4 foizi yoki 129 tasi jamlanmagan, bunday holat yölovçilarni taşiş faoliyatiga salbiy ta’sir körsatmoqda. IIV va “Toşşahartransxizmat” AJ xodimlar bölimi bilan birgalikda böş haydovçi lavozimlarini jamlaş maqsadida 2 425 nafar “D, E” toifali haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan şaxslar röyxati şakllantirilgan. Toşkent şahridan 413 nafar, Toşkent viloyatidan 2 012 nafar haydovçilikka nomzod röyxatga olinib, ular bilan ötkazilgan suhbatlar natijasida 34 nafari işga qabul qilindi, 66 nafari böyiça hozirda hujjatlar tayyorlanmoqda.






















