Taşkilotçi – Özbekistonda madaniyat va sport sohasida yirik loyihalarni taşkil etiş böyiça barça turdagi xizmatlarni taqdim etuvçi yirik ART UZ Promotion Agency kompaniyasi. Kompaniya Eteri Tutberidzening «Muz ustidagi çempionlar» şousi va «Haqiqiy Qarsildoq» musiqiy spektakli kabi katta loyihalarni taşkillaştirgan va amalga oşirgan.
Oldinda – bayramlar, bu esa haqiqiy möjizalar davri yaqinligidan dalolat. Yaqin fursatlarda barça sevgan taniqli ertak qahramonlari konkida tomoşa körsatişadi! Tomoşabinlar sehrli halqalar bilan jonglyorlik qilayotgan it; muz maydoni uzra uçib, akrobatik mahorat körsatayotgan xöroz; muz ustida sehrli fokuslarni amalga oşiradigan muşuk; töğridan-töğri muz maydonidan malikani öğirlab, hayratda qolgan tomoşabinlar köz öngida u bilan parvozga kötarilgan ayğoqçi kabi qahramonlar bilan tanişadilar!

Jozibador sahna manzarasi va figurali uçiş böyiça ğaroyib çiqişlar bilan tomoşabinni hayajonga soladigan bu tomoşa özgaça zavqli, maroqli.

Bunda bolalarning sevimli ertak qahramonlari yangi zamonaviy qiyofada çiqiş bilangina çegaralanişmaydi. Ularning rollarini sayyoradagi eng nomdor va köplab mukofotlar sovrindorlari bölgan figurali uçuvçilar, muz maydonining maşhur ustalari ijro etadilar. Ular orasida jahon çempioni, tarixdagi ilk yakka holda konkida uçuvçi yetti karra Yevropa çempioni, Olimpiada öyinlarining kumuş va bronza medallari sovrindori Irina Slutskaya, şuningdek rossiyalik figurali uçuvçi, Rossiya va Yevropa çempioni Alena Kostornaya bor.

Trubadur serenadasi, malika va qirolning qöşiği, şubhasiz, ota-onalarga bolalik davrlarini eslatadi. Bu muz ertagini yaratiş davomida qöllanilgan zamonaviy texnologiyalar esa albatta ularning farzandlari – tinib-tinçimas kiçkintoylar-u yuqori sinf öquvçilarigaça bölgan tomoşabinni öziga rom qiladi. Sahna manzarasi bezaklaridan taşqari şouda noyob 3D mepping texnologiyasidan ham foydalaniladi. Bu esa videoproyeksiya butun muz maydonini qirol saroyiga va bepoyon gulzorga aylantira oladi, deganidir. Ertakdagi muhit turğun sahnadagi tomoşa doirasidan çiqadi va tom ma’noda jonlanadi!

Katta namoyiş ekrani tomoşabinni ertakning sirli olamiga töliq olib kiriş uçun xizmat qiladi, unda şou qahramonlari yirik planda namoyiş etiladi.














