Dunyo mamlakatlari havo ifloslanişining uzoq muddatli oqibatlariga duç kelmoqda. Şoşilinç çoralar körilmasa, havodagi xavfli zarraçalar konsentratsiyasi inson salomatligi, ekotizimlar, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş va iqlim özgarişiga salbiy ta’sir qilişda davom etadi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangi hisoboti mualliflari ogohlantirişiça, dunyo aholisining 99 foizi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan belgilangan me’yorlardan oşib ketadigan va inson salomatligiga xavf tuğdiruvçi iflos havodan nafas oladi. Havo sifati monitoringi hozirda 117 mamlakatning 6 mingdan ortiq şaharlarida amalga oşirilmoqda.
Havodagi mikrozarralar öpka orqali qon aylaniş tizimiga kirib, yurak-qon tomir va nafas oliş tizimlariga salbiy ta’sir qilişi mumkin. Havodagi azot dioksidining konsentratsiyasi nafas oliş kasalliklarini, xususan, astmani keltirib çiqaradi.
Olimlar fikriga köra, iqtisodiyotning barça tarmoqlari, jumladan, qişloq xöjaligi, energetika, transport sohalarida atmosferaga zararli çiqindilarni kamaytiriş zarur.
Hisobot mualliflari, şuningdek, 2000-2018 yillarda ozonning örtaça yillik fon konsentratsiyasi ösişini qayd etişadi. Bu nafaqat aholi salomatligiga, balki qişloq xöjaligiga ham ta’sir körsatdi. Misol uçun, 2015 yilda Yevropada ozon tufayli buğdoy işlab çiqarişning umumiy yöqotilişi 23,8 million tonnani taşkil etdi, bu Ukrainadagi yillik işlab çiqarişdan (21,8 million tonna) oşadi.
Hisobot mualliflarining ogohlantirişiça, 2050 yilga borib Yevropa aholisining atigi uçdan bir qismi JSST tavsiyalariga javob beradigan sifatli havo bilan nafas oladi.












