Akrom ota farzandlarini şu kasbi orqasidan uyli-joyli qilgan. Hozirda nevaralari va ayoli bilan yaşaydi.
Qahramonimiz keksayib borayotganiga qaramay işga çiqayotganining sababini “uyda ötirolmayman, bekorçilik yoqmaydi, işlagim kelaveradi, işlamasam, ötirib qolaman”, deb izohlaydi.
“Yoşim kattaligini körib, ba’zilarning içi açiydi, yukini yoşlarga beradi. Bundan xursand bölaman, baribiram e’tibor yaxşi.
660 ming söm pensiya olaman, uy tölovlariga ketadi u, qolgani rözğorga. Uyga bozorlik qilsam, 80–100 ming söm xarajat qilaman. Non, “kola” olib boraman, ikkita nevaram “kola” olib bormasam meni urişadi, janjal qiladi”, deydi Akrom ota.
Suhbatdoşimiz kuniga 50–60 ming, dam oliş kunlari bundan ham köproq pul topişini aytib, kulib qöyadi.
“Pensiyam 660 ming, ayolim ham 500 ming atrofida oladi, ularni uy tölovlari: suv, gaz, svetga tölaymiz, ortganini rözğorga işlatamiz”, deydi otaxon.
















