«Samarqand-2020» tibbiyot oliygohlari talabalarining III Xalqaro olimpiadasining tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti rektori Maxmadshox Kurbonali Gulzoda (Dushanbe, Tojikiston), Ijyevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori Aleksey Shklyayev (Ijyevsk, RF), Sog‘liq bilimlari universitetining Yevrosiyo sog‘liqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Feyzioğlu Aynur (Istanbul, Turkiya), “ANATOMICÁ” jurnali bosh muharriri Barno Ikramova, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti rektori Dmitriy Ivanov (Sankt-Peterburg, RF), «HRV - simulation» direktori Arnaud Cosson (Fransiya) olimpiada ishiga omad tilashdi.




Shundan so‘ng yosh olimlarning ilmiy ishlari va START-UP loyihalari tanlovi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar oflayn va onlayn tarzda 70 ta seksiyada 35 ta yo‘nalish bo‘yicha, shu jumladan «Odam anatomiyasi», «OXTA», «Fiziologiya», «Patologik fiziologiya», «Patologik anatomiya», «Sud tibbiyoti», «Tibbiy muloqotda ingliz tili», «Tibbiy biologiya», «Gistologiya, patologiya va embriologiya», «Mikrobiologiya», «Tibbiy kimyo», «Biologik kimyo», «Farmakologiya», «Tibbiyot tarixi, bioetika», «Xirurgiya», «Neyroxirurgiya», «Bolalar xirurgiyasi», «Travmatologiya va ortopediya», «Anesteziologiya va reanimatologiya», «Ichki kasalliklar, «ichki kasalliklar propedevtikasi», «Yuqumli kasalliklar», «Nevrologiya», «Urologiya», «Radiologiya», «Onkologiya», «Oftalmologiya», «Sport tibbiyoti», «Pediatriya», «Akusherlik va ginekologiya», «Terapevtik stomatologiya», «Ortopedik stomatologiya», «Xirurgik stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi», «Bolalar stomatologiyasi», «Otorinolaringologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.





















