"Biz Yangi Özbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurişni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlaşimiz kerak.

Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini röyobga çiqariş uçun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot keçirişiga zarur şaroitlar yaratiş, kambağallikni qisqartiriş, demakdir", - dedi davlat rahbari.

Birinçi navbatda, e’tibor Yangi Özbekiston uçun eng katta investitsiya bölgan ta’limni qöllab-quvvatlaşga qaratilişi ta’kidlandi.

Öqituvçilarning maqomini, ularning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişni Konstitutsiyada alohida belgilaş zarurligi qayd etildi.

Kelasi yildan boşlanğiç sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar böyiça öqitiş yölga qöyiladi.