Özbekistonning UzAuto TRAILER kompaniyasidagi davlat uluşining 100 foizi 561,1 mlrd sömga Rossiyaning «Innovatsionnyy industrialnyy park – Texnopark v sfere vysokix texnologiy «Texnopolis «Ximgrad» aksiyadorlik jamiyatiga sotildi. Kompaniya ustav fondida boşqa uluşlar yöq. 

UzAuto TRAILER korxonasi Samarqand şahrida joylaşgan bölib, loyihaviy quvvati yiliga 2 ming dona yarimtirkama va 1 ming dona osma texnika, keng qamrovli avtomobil texnikalarini, şu jumladan samosval kuzovi, yarimtirkamalar, konteyner taşuvçilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar işlab çiqarişga möljallangan. 

Korxona xodimlari soni 420 kişini taşkil qiladi. Ustav fondi 158,6 mlrd söm miqdorida belgilangan. 2021 yil böyiça korxona foydasi 626,2 mlrd sömni, sof foydasi 53 mlrd sömni taşkil qilgan. 

UzAuto TRAILER kompaniyasidagi davlat uluşini xususiylaştiriş jarayoni 2022 yil avgust oyida boşlandi. Şundan söng, ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşini sotib oliş narxi böyiça 6 nafar talabgorlarning majburiyatga ega bölmagan takliflari (NBO) kelib tuşgan. Söngra ulardan 5 nafar talabgor majburiyatga ega bölgan takliflarni qabul qiliş bosqiçiga ötkazilgan edi. 

«Innovatsionnyy industrialnyy park – Texnopark v sfere vysokix texnologiy «Texnopolis «Ximgrad» AJ Rossiyaning Tatariston Respublikasi, Qozon şahrida joylaşgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi sifatida «köçmas mulkni şartnoma yoki mukofot asosida boşqariş» körsatilgan. Ustav kapitali taxminan 25,5 mln dollar miqdorida. Kompaniyaga Gizzatullin Ayrat Mansuroviç rahbarlik qiladi.