Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Xorazm viloyatida ösmir yigit «prank» video qiliş uçun Yangiariq tuman tibbiyot birlaşmasiga borgani körsatilgan. Video boşida ösmir qöli soğlom, yaxşi işlab turganini körsatib, keyin tibbiyot birlaşmasiga borgan. Şifokorlar uning sinmagan qölini tekşirib körib, gips qilib qöyişgan.

Videoga izoh yozuvçilarning aksari ösmir xato iş qilganini aytib, unga salbiy munosabat bildirişgan.

«...sen amallab maktabingni bitir, öynaşga boşqa odam qolmadimi?» «...bu bilan şifokorlarning nomi yomonga çiqadi», deb yozib qoldirişgan.

Ayrim foydalanuvçilar bu video şifokorlar orasida e’tiborsiz va bilimsizlari ham borligini körsatib bergan desa, yana biri «ayrim hollarda rentgenda körinmagan kiçik sinişlar sabab ham har ehtimolga qarşi qöl gipsda turgani ma’qul», deyişgan.

Holatga oydinlik kiritiş maqsadida Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati bilan boğlandik. Lekin bolaning qöli gips qilinişidan oldin rentgen qilingan yoki yöqligiga izoh berilmadi.

Hokimlik matbuot xizmati izohga qöşib, «prank» olgan ösmirning qilgan işidan puşaymon ekani va bu holat qaytib takrorlanmasligi haqida çiqargan videosini taqdim qildi. 

“Öşa paytda rostdan ham qölim oğrib turgan edi. Videoda yolğondan piar qiliş uçun aytdim”, – degan ösmir videoda.