2021 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o‘rtacha ish haqi yiliga 33,5 ming yevroni (taxminan 412 mln so‘m) tashkil etdi, bunday ma’lumotlar Eurostat tadqiqotida keltirilgan. 

Eng yuqori maosh Lyuksemburg (72,2 ming yevro), Daniya (63 ming yevro) va Irlandiyada (50,3 ming) qayd etilgan. Belgiya, Avstriya, Shvetsiya, Germaniya, Finlandiya va Fransiyada ham o‘rtacha ish haqi miqdori yuqori bo‘lgan. Eng kam ish haqini Bolgariya (10,3 ming yevro), Vengriya (12,6 ming) va Ruminiya (13 ming) fuqarolari olgan. 

Rossiyada 2021 yil uchun o‘rtacha oylik ish haqi 57 244 rublni tashkil etgan (ya’ni yiliga taxminan 9,6 ming yevro).

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha yillik ish haqi 31,2 mln so‘mni (2530 yevroni) tashkil etgan.