Yaşaş qiymati ma’lumotlariga ixtisoslaşgan Numbeo portali xabariga köra, 2023 yilda Tailand sayyohlar uçun eng maşhur va arzon yönalişlardan biri bölib qoladi. Sayyohlar oyiga örtaça 533 dollar (ijarasiz) evaziga bu mamlakatda qulay hayot keçirişi mumkin. 

Janubi-Şarqiy Osiyodagi Laos davlati ham bu yönalişda peşqadamlardan biri. Masalan, Laosdagi arzon restoranda bir marta ovqatlaniş narxi bor-yöği 2,72 dollarga teng. 

Kamboja özining ming yillik tarixi, keng qamrovli arxeologik joylar töplami va hayratlanarli tabiati bilan maşhur madaniyat markazidir. Şuningdek, narxlar nuqtai nazaridan ham jozibali. Sayyohlar bu mamlakatda oyiga kamida 594 dollar sarflaşiga töğri keladi. 

Yevropa qit’asida eng arzon mamlakatlar biri Albaniya hisoblanadi. Bu yerda sayyohlar Yevropa Ittifoqiga qaraganda 46 foizga kamroq pul sarflaşadi va ular Adriatika dengizining gözal qirğoqlarini, YuNESKO yodgorliklarini va toğlar tepasida örta asr qal’alarini tomoşa qilişi mumkin. 

Bolgariya ham sayohatçilar uzoq muddatga boradigan maşhur mamlakatga aylangan. Bu yerda narxlar Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga qaraganda 41 foizga arzon. 

Gruziya köpinça Yevropaning raqamli köçmançilari uçun birinçi manzil sifatida tilga olinadi: turar joyni hisobga olmaganda, sayyohlar oyiga örtaça 555 dollar sarflaydi. 

Turkiya Yevropa tarixi bilan çambarças boğlangan murakkab tarixga ega bölgan yana bir qiziqarli mamlakatdir. Sayyohlar uçun narxlar bu yerda Italiya yoki Gretsiyadan mos ravişda örtaça 48 va 21 foizga arzon. 

Uşbu röyxatdagi eng past körsatkiçlardan biri bölgan Argentinada oylik yaşaş narxi 419 dollarga (ijara qöşilmagan) baholanadi, bu Ğarb mamlakatlariga qaraganda deyarli 60 foizga arzon.