Tahlilçi Min-Çi Kuo ma’lumotlariga köra, Apple ehtimoliy iPhone SE 4 işlab çiqarişni keyinga qoldirgan yoki hatto bekor qilgan. Buning sababi arzon smartfon modeliga bölgan talabning nihoyatda pastligidir. 

Kuo sözlariga köra, eng optimistik ssenariyda navbatdagi arzon iPhone 2024 yildan keyin işlab çiqarilişi mumkin. Pessimistik ssenariyda esa Apple uni çiqariş ğoyasidan butunlay voz keçadi. 

Avvalroq iPhone SE 4 smartfoni iPhone XR uslubidagi «ramkasiz» dizaynga ega bölişi, bu katta mablağ talab qilişi va narxining oşişiga olib kelişi haqida xabar berilgandi. Oqibatda, uşbu smartfonni işlab çiqariş uçun sarflangan mablağlar özini oqlamasligi mumkin va Apple buni yaxşi tuşunyapti. 

Kuoning qöşimça qilişiça, iPhone SE 4 smartfonidan voz keçiş Apple kompaniyasiga 2023 yildagi global iqtisodiy tanazzul muammolarini yengişda yordam beradi. 

iPhone SE (2022) smartfonining sönggi versiyasi mart oyida 430 dollar narxda çiqarilgan edi. U 4,7 dyuymli Retina HD displeyi, IP67 suv himoyasi, Home tugmasi, 12 megapikselli kamera va yaxşilangan batareya bilan jihozlandi. 

Biroq, smartfonga talab juda past böldi. Asosiy sabablardan biri - eskirgan dizayn, kiçik ekran va zaif batareya. Ta’kidlanişiça, Apple hatto talabning pastligi tufayli işlab çiqarişni qisqartirişga majbur bölgan. 

iPhone SE birinçi avlodi 2016 yilda çiqarilgan. Bugungi kunda bu «eski» dizaynda işlab çiqarilgan, ammo zamonaviy protsessorga ega bölgan eng arzon Apple smartfonidir.