Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning şeriklari «darknet» deb nomlanuvçi yaşirin tarmoqda öz ştabi işini muvofiqlaştiruvçi sayt oçdi. 

Bu haqda Navalniy tomonidan asos solingan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK) sobiq direktori Ivan Jdanov xabar berdi. «Davlatdan himoyalangan tizim, unda hamma narsa şifrlangan», dedi u. 

Mualliflarning ta’kidlaşiça, yangi platforma Navalniy tarafdorlariga «maxfiy ştablarga» birlaşiş va öz faoliyatini muvofiqlaştiriş, ya’ni siyosiy tadbirlar, varaqalar va «bundan ham xatarli harakatlarni» amalga oşirişga yordam beradi. 

«Putinning va uruşning nihoyasini yaqinlaştiruvçi har qanday narsani amalga oşiriş uçun», dedi Jdanov. 

Saytning özi Tor brauzeri orqali işlaydigan onion domenida röyxatdan ötgan - u foydalanuvçi trafigini anonimlaştiradi va tarmoqdagi maxfiylikni kafolatlaydi. 

«Hatto bizda ham siz haqingizda ma’lumot oliş imkoni yöq», dedi Jdanov. 

Onion domenidagi saytga kiriş uçun Navalniy şeriklarining oddiy (.som) saytida anketa töldiriş lozim. Şundan keyin foydalanuvçi şaxsiy poçtasiga «maxfiy ştab»ga kiriş uçun login va maxfiy söz keladi. Login va maxfiy söz bir martalik bölib, saytga kirgandan söng özgartirilişi kerak. Navalniyning ştab-kvartirasi esa foydalanuvçining poçta ma’lumotlarini öçirib taşlaydi. 

Ma’lumot örnida, 2021 yil 9 iyun kuni Moskva şahar sudi Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK), Aleksey Navalniyning boş qarorgohi va Fuqarolar huquqlarini himoya qiliş jamğarmasini «ekstremistik taşkilotlar» deb tan olgan edi. Rossiyada ularning faoliyati rasman taqiqlangan. Bungaça FBK «xorijiy agent» maqomini ham olgan edi. 

Navalniy ştab-kvartirasi «ekstremistik taşkilot» deb tan olinganidan keyin uning filiallari sobiq rahbarlariga nisbatan jinoiy iş qözğatildi, ularning uylarida tintuvlar ötkazildi. Ukrainada uruş boşlanganidan söng esa ularga nisbatan Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» moddasi böyiça yangi jinoiy işlar qözğatildi. 

Aleksey Navalniy hozirda «firibgarlik» va «sudga hurmatsizlik» moddalari böyiça 9 yillik qamoq jazosini ötamoqda.