AQŞ Markaziy qömondonligi rahbari general Maykl «Erik» Kurilla AQŞ armiyasi Eronning quruqlik, havo va dengizdan böladigan tahdidlariga, ayniqsa, dronlariga qarşi turiş uçun uçta innovatsion harbiy sun’iy intellekt tizimini işlab çiqqanini aytdi. 

Uning sözlariga köra, Eron öz imkoniyatlarini murakkab uçuvçisiz dronlarga aylantirdi va ularning uçiş masofasini uzaytirdi. Oqibatda Eron AQŞ armiyasi va uning mintaqadagi hamkorlariga tahdid solmoqda. 

«Eron dronlari mintaqada xavf tuğdirmoqda. Eron kiçik, qisqa masofali tizimlardan tortib ilğor razvedka va kuzatuv tizimlariga ega. Ular xavfli qurol bilan ta’minlangan va uzoqroqqa uça oladigan dronlarni qurmoqda», dedi Kurilla. 

Generalning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar quruqlik, dengiz va havo imkoniyatlarini qamrab oluvçi uç xil murakkab va bir-biriga boğlangan harbiy sun’iy intellekt tizimini işlab çiqdi. 

Birinçisi öz içiga qöşinlarning 59-operativ guruhini oladi va Bahrayn bilan Iordaniyada joylaşadigan yuzdan ortiq dengiz kemalaridan iborat flotga ega böladi. Ular birgalikda harakat qiladi, birgalikda aloqa qiladi va barça jalb qilingan harbiylarga umumiy operatsion vaziyatni taqdim etadi. 

Ikkinçisi Qatarda joylaşgan maqsadli 99-guruh operatsion markazga yuboriladigan ma’lumotlarni kuzatiş, aniqlaş va töplaş uçun individual foydali yuk va boşqa imkoniyatlarga ega dronlardan foydalanadi. 

Uçinçisi 39-guruh bölib, konsepsiya va texnologiyalarni sinovdan ötkazadi, şuningdek, Eron dronlarini urib tuşiriş uçun yangi texnologiyalarni taqdim etadi.